Yillar davomida Turkiya hukumati kurd aholi orasida bo’lginchilik kayfiyatlarini bostirishga harakat qilib keladi. Bunday siyosat oqibatida kurdlar ona tilini, mahalliy urf-odatlarni unuta boshlagan. Endi esa vaziyat biroz o’zgargan ko’rinadi. Kurdlar yashovchi hududning eng katta shahri Diyorbakirda kurd tilidan o’quv kurslari tashkil etilmoqda.
Halil Chechen Diyorbakirdagi Dijle Universitetida kurd tilidan dars beradi. Atigi bir necha yil oldin oliy o’quv yurtida bu tilning o’qitilishini tasavvur qilish qiyin edi. 1980-yillar oxirigacha kurd tilini o’rganishgina emas, balki unda so’zlash jinoyat bilan barobar hisoblangan.
Endi esa hukumat qarori bilan kurslar tashkil etilmoqda. Halil Chechen bu juda to’g’ri qaror, deydi.
“Bu haqiqatan ham a’lo o’zgarish. Odamlar uni anchadan beri kutgan edi. Hukumat umidlarimizni oqladi. Afsuski, 50-60 yil davomida biz bunday imkoniyatga ega emasdik”, - deydi o’qituvchi.
Bu davr ichida kurdlar ona tilini unuta boshladi. Mazlum Ozer shundaylardan biri.
“Kurd tili boshlang’ich va o’rta maktablarida ham o’qitilsa bundan ham yaxshi bo’lardi”, - deydi u.
Ammo Turkiya bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an hech qachon kurd maktablari ochmaymiz, deya bayonot berdi yaqinda. Kurdlarga qarshi tazyiqlar ham davom etmoqda.
Diyorbakir shahri meri Abdulla Demirbosh xizmatlar kurd tilida ko’rsatilishi, bolalar uchun kitoblar chiqarilishi tashabbuslarini qo’llagani uchun sudda javob berishga majbur. Kurdlar o’z haqlarini talab qilar ekan, hukumat eski siyosatni o’zgartirishi kerak, deydi Demirbosh.
“Turkiya davlat tizimida qaror qabul qilinishi kerak. Kurd fuqarolar bilan qanday muloqot qiladi hukumat? Bizni erkin va teng huquqli fuqaro sifatida tan oladimi yoki bizga qullardek qaraydimi? Biz tenglik, birodarlik bo’lsin deymiz. Aks holda, qo’shni bo’laylik. Kurdlar ajralib chiqsin”, - deydi Demirbosh.
Dijle Firat madaniy markazida kurdlar ona tilida gapiradi, qo’shiqlar aytadi, tadbirlar uyushtiradi. Kelasi oy Vilyam Shekspirning “Gamlet” asarini kurd tilida sahnalshtirmoqchi.
Xonanda Farqin fikricha, kurdlar o’z huquqlari uchun kurashishi kerak, buning vaqt yetdi.
“Suriyadagi kurdlar talablari bu yerdagi kurdlarga ham ta’sir qilyapti. Erkinlik uchun kurash bizning odamlarga ham ilhom baxsh etishi aniq. Bunday jarayonlar Turkiyada aks-sado beradi”, - deydi san’atkor.
Diyorbakirda “kurd bahori” iborasi tez-tez quloqqa chalinyapti. Muhimi - mintaqa bo’ylab esayotgan inqilob shamoliga Anqara qanday munosabat bildiradi?
Your browser doesn’t support HTML5