Misrda islohotlar sust, lekin AQShdan milliard dollar yordam oladi

  • Amerika Ovozi

Inqilobni boshdan kechirgan Misrda demokratik islohotlar sust ekaniga qaramasdan, Qo’shma Shtatlar bu davlatga 1,3 milliard dollarga teng harbiy ko’mak uzatadi.

“Maqsad oradagi strategik hamkorlikni saqlab qolish va mustahkamlash, Misr mintaqa tinchligi uchun muhim davlat ekanini urg’ulash”, deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida.

Gap shundaki, AQSh Kongressi o’tgan yili dekabrda qonun qabul qilgan edi. Unga muvofiq, Misr harbiy ko’makka munosib topilishi uchun erkin va adolatli saylovlar o’tkazishi va noharbiy boshqaruvga o’tishni tezlashtirishi shart.

Biroq AQShning xavfsizlik manfaatlari nuqtai-nazaridan, deydi diplomatlar, mazkur shart joriy yilda tatbiq etilmaydi.

Bundan tashqari, Misr harbiy hukumati Isroil bilan imzolangan tinchlik bitimiga rioya qilayotgani bois Amerikadan qo’shimcha 200 million dollar iqtisodiy yordam oladi.

Amerikalik ayrim qonunchilar va huquq tashkilotlari bu qarordan norozi.