Liviyada 2011-yilda Muammar Qaddafiyning 40 yillik hukmronligi tugatilib, ayollar uchun keng imkoniyatlar davri boshlandi, deyiladi Human Rights Watch tashkilotining yangi hisobotida. Biroq muxbirimiz Sela Xenessining Londondan xabar berishicha, Liviyada ayollarning yangi konstitutsiya matni bo’yicha ishdagi ishtiroki savol ostida.
Human Rights Watch hisobotiga ko’ra, Liviya inqilobidan ayollarning madaniy mavqeini ko’tarish kutilgan edi.
"Ayollar nazarida ularning inqilobdagi ishtiroki qadrlanib, ular Liviya jamiyatining to’liq a’zosiga aylanishi kerak. Xotin-qizlar yangi qonunlar ularning shaxsiy hayotida diskriminatsiyaga chek qo’yishiga umid qilmoqda", - deydi tashkilotning ayollar huquqlari bilan shug’ullanuvchi mas’ul xodimi Leyzl Gerntxolts.
Hisobotda Liviya parlamentiga konstitutsiyani yaratish jarayoniga ayollarni ham jalb qilish tavsiya etiladi. Loyiha ustida ishlash maxsus komissiyaga topshirilgan va guruh a’zolari saylov orqali tanlanadi.
Human Rights Watch bosh qomusda ayollar tenghuquqligi ta’minlanib, jins, homila yoki oilaviy sharoit kamsitishlarga ortiq asos bo’lmaydi, degan umidda.
Inqilob ayollarning turmush tarzini yaxshilashga hissa qo’shdi, biroq yutuqlar qo’ldan boy berilishi mumkin, deyiladi hisobotda.
O’tgan oy Liviya bosh muftiysi ish joylari, o’quv dargohlarida, hukumat idoralarida ayollarni erkarlardan ajratishga chaqirdi.
Shayx Sodiq Al-G’arianiy, shuningdek, ayollarning xorijliklarga turmushga chiqishini man qilishga ham da’vat etdi.
Gerntxoltsning aytishicha, ustiga ustak Oliy sud ko’p xotinlikka qo’yilgan cheklovlarni bekor qilgan.
"Liviya jamiyatida o’ta konservativ guruhlar borki, ular nazarida ayollar ijtimoiy hayotda ishtirok etmasligi, uyda o’tirib, oilaga qarashi lozim. Nazarimda hozir shu guruhlar va, asosan, ayollar yetakchiligidagi progressiv kuchlar o’rtasida kurash kechmoqda", - deydi tahlilchi.
Human Rights Watch vakiliga ko’ra, arab bahori mintaqa ayollari kutganidek bo’lmadi.
"Ayrim ijobiy o’zgarishlar bo’ldi, albatta. Ayollar oldingiga qaraganda siyosiy va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etmoqda. Biroq Misr kabi joylarda yuqori so’zlardan nariga o’tilmadi", - deydi Gerntxolts.
Liviyada ahvol Misrga qaraganda yaxshiroq. Parlament a’zolarining 15 foizi ayollar. O’tgan yilgi saylovlarda 200 o’rinli Milliy kengashga 33 ayol saylandi.