Prezidentlikning ikkinchi muddatida Barak Obama uchun ish o’rinlari yaratish, iqtisodiyotni jonlantirish ustuvor vazifalar bo’lib qoladi. Muxolif respublikachilar murosaga yo’q. Obama esa davlat qarzi bobida so’zida qat’iy turib olgan.
“Byudjet masalasida bir to’xtamga kelishimiz mumkin. Muzokaraga tayyorman, lekin Amerika ahlining mafaatlari haqida gap ketganida, ularga ziyon qilishlariga yo’l qo’ymayman”, - deydi u.
O’tgan oy Konnektikut shtatidagi otishmada 26 kishi, jumladan, bolalarning o’limi ketidan qurol nazorati bugun kun tartibidagi eng dolzarb muammolardan.
Qurol uyushmasi prezidentning o’q-dori va boshqa vositani cheklash niyatini bilib, o’zini himoya qilishga o’tdi.
Obama immigratsiya sohasida ham islohotlarni amalga oshirmoqchi – birinchi muddatida ko’zlangan, lekin erishilmagan maqsadlardan bu. Kongressning qo’llab-quvvatlovi zarur buning uchun.
“Fursatdan foydalanib qolish kerak. Inauguratsiya marosimidan keyin Kongressda mana shu masalani birinchilardan ko’rib chiqishimiz kerak”, - deydi rahbar.
Brukings tahlil instituti olimi Jon Xudak fikricha:
“Prezident Obama o’zidan keyin rahbarlikka yana demokrat arbob kelishini xohlaydi. 2016-yilda Oq uyga demokrat saylanishi uchun esa bugun Obama tashabbus ko’rsatishi kerak”.
Afg’onistonda esa Obama 2014-yilgacha barcha qo’shinlarini olib chiqishga ulgurishi kerak.
Eron yadro dasturi, Isroilga qarshi harbiy chora va Suriyadagi fuqaro urushi ham qat’iy yechim talab qilishi mumkin.
Tahlilchilar nazarida Obama harbiy chora ko’rishda ehtiyot bo’ladi va ittifoqchilarga tayanadi.
Sobiq diplomat, Strategik va xalqaro fanlar markazi eksperti Karl Inderfurt:
“Bugun biz kutmayotgan manzillarda kelasi to’rt yilda Amerikaning zobitlari kerak bo’lib qolishi mumkin. Lekin askar jo’natishdan oldin AQSh manfaatlari, xavfsizligi va ittifoqchi davlatlar yordam berishga tayyor-tayyormasligi muhim rol o’ynaydi”.
Tashqi siyosatda Obama yirik hamkor va raqib davlatlar – Xitoy va Rossiya bilan til topishishi kerak bo’ladi.