Eronda harbiylar Ukraina yo'lovchi samolyotini xatolik tufayli urib tushirganini tan olganidan so'ng mamlakatning turli shaharlarida minglab odam norozilik namoyishlariga chiqdi. Askariyati Eron va Kanada fuqarolaridan iborat 176 yo'lovchining barchasi halok bo'lgan.
Eron Inqilobiy gvardiya kuchlari Ukraina yo’lovchi samolyotini xatolik tufayli urib tushirganini tan oldi. Qurbonlar xotirasiga motam marosimlari Eronning bir necha shaharlarida hukumatga qarshi norozilik namoyishlariga aylanib ketdi.
Tehrondagi Amirkabir universiteti oldida politsiya namoyishchilarni ko’zni yoshlantiruvchi gaz bilan tarqatdi:
Prezident Hasan Ruhoniy fojiaga “inson xatosi” sabab bo’lganini aytmoqda.
Eron hukumati jami 176 yo’lovchi va ekipaj a’zolarini hayotdan olib ketgan halokat uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olishi uchun uch kun vaqt ketdi.
Inqilob posbonlari gvardiyasining harbiy-kosmik kuchlari qo’mondoni Amir Ali Hojizoda bu voqea o’z xatomiz tufayli sodir bo’lganiga ishonch hosil qilgach, o’zimga ham o’lim tiladim, deydi.
Motam marosimlaridan so’ng ayrim shaharlarda g’azabga to’lgan fuqarolar ko’chalarga chiqdi. “Rahbarimiz nodon va uyat manbai”, deb hayqirishdi. Ayrimlar Inqilob posbonlarini malakasizlikda, mamlakatga isnod keltirganlikda ayblamoqda.
Rasht shahrida namoyishchilar mamlakat oliy peshvosi Ali Xomeneiy va uning qo'li ostidagilarni "benomus" deya qoraladi:
AQSh Prezidenti Donald Tramp ingliz va fors tillarida bir qancha tvitlar yozdi. Eronlik namoyishchilarni qo’llab-quvvatlaymiz, deydi u.
Xalqaro hamjamiyat aviahalokat sababari to’liq tekshirilishini talab qilmoqda. Ukraina prezidenti bayonot bilan chiqdi:
“Eron Ukraina samolyotini qulatganini aytmoqda, biroq aybni to’liq tan olishi lozim. Islomiy respublikadan to’liq va ochiq tergov o’tkazishni, aybdorlarni javobgarlikka tortishni, marhumlar jasadini qaytarishni, kompensatsiya to’lashni va rasman uzr so’rashni so’raymiz”, - dedi Vladimir Zelenskiy.
Kanada tergovda ko’maklashish uchun Eronga mutaxassislarini yubormoqda.
“Ushbu voqeadan g’azablangan barchaga gapimiz shuki, ular Eron hukumatidan savollarga javob berishni, adolatni ta’minlashni talab qilishlari kerak. Bunday fojia sodir bo’lmasligi kerak edi. Oilalarga yordam berish ham asosiy vazifamiz”, - deydi Bosh vazir Jastin Tryudo.
10-yanvar kuni Tramp ma’muriyati Iroqdagi harbiy bazalarga qilingan hujum uchun Eronga yangi sanksiyalar e’lon qildi. Tehron terrorchilik harakatlarini to’xtatmas ekan, jazo choralarini kuchaytiramiz, deydi rasmiylar.
Your browser doesn’t support HTML5