Bugun Iroq poytaxtining bir necha joyida bomba portlagan. 15 kishini hayotdan olib ketgan. 27 kishi jarohatlangan.
Portlashlar Abu G’arib qamoqxonasi yonida boshlangan, keyinroq esa Bag’dodning eng gavjum bozorlaridan biri, Bob al-Sharqiy tumanidagi savdo markazining uch joyi larzaga kelgan.
O’lganlar – mahalliy fuqarolar. Jangarilar qilgan bu ishni, deydi rasmiylar.
Payshanba kuni Basradagi portlashda 19 kishi halok bo’lgan edi.
Amerika barcha qo’shinlarini shu yil oxirigacha olib chiqish taraddudida ekan, Iroqda hukumat xavfsizlikni ta’minlay oladimi degan xavotir hukmron. AQSh yordamni davom ettiradi, ammo tinchlik va barqarorlik yo'lida zarur choralar ko'rish endi Iroq hukumatining bo'ynida, deydi rasmiylar.