Juzjon viloyatida "Islomiy davlat" o'nlab maktablarni yopib, bolalarni u yerlarga yaqinlashtirmayapti. Odamlar tahdid ostida farzandlarini ko'chaga chiqarmayapti.
Abdul Hay Yashin, Juzjon viloyat ta'lim boshqarmasi rahbari, bu ma'lumotni tasdiqladi.
“Qo'shtepa va Darzab tumanlarida ahvol yomon. Hatto davlat nazorati ostidagi hududlarda ham ota-onalar bolalarini maktabga yubormayapti", - deydi u.
Minglab o'quvchilar bilim ololmayapti, deydi Yashin.
“Maktablarimiz yopiq, tuman terrorchilar nazorati ostida, ta'lim to'xtagan", - deydi Abdul Murod Davor, Darzab fuqarosi.
“18500 o'quvchi bilim olmayotgani fojia", - deydi Davor.
Xonqa tumanida ham ikki katta maktab yopiq.
Juzjon viloyatiga so'nggi yillarda jangarilar tomonidan katta zarar keltirilgan.
Ayniqsa, qizlar o'qiydigan, ayollar ishlaydigan maskanlar nishonda. "Islomiy davlat" bu dargohlarni uning xohishi asosida ishlashini talab qilmoqda.
Darzab tumanida 47 maktab bo'lsa, o'quvchilarning 40 foizi qizlar.
Oqsoqollar jangarilar bilan kelishishga uringan, lekin samara bermagan.
"Islomiy davlat"ning Xuroson bo'limi deya tanilgan harakat ikki yil oldin Afg'oniston shimoliga joylasha boshlaganidan beri hukumat kuchlari bilan tinimsiz olishib keladi. Yuzlab jangarilar ushlangan, yuzlab nafari o'ldirilgan lekin guruh hamon faol. Uning safiga yuzlab yoshlar qo'shilgani ma'lum. Mahalliy lider Qori Hikmat bo'lib, o'zbek va oldin toliblar qo'mondoni edi.
Juzjon viloyati politsiya boshlig'i Faqir Muhammad Juzjoniy deydiki, ikki kun oldin Qo'shtepada bir maktabga o't qo'yilgan va ikki keksa fuqaro o'ldirilgan.
Yuzlab oilalar Shibirg'on va boshqa shaharlarga qochgan.