Turkiya va Isroil o’rtasidagi diplomatik aloqalarda iliqlashuv kuzatilmoqda. Turkiya energetika vaziri ikki mamlakat birgalikda gaz quvuri qurilishini muhokama qilayotganini bildirdi. Biroq 2010-yilgi fojia yuzasidan o’rtada nozik masalalar ham talay.
Turkiya Isroil gazini xaridorlarga yetkazuvchi quvur qurish loyihasini ko’rib chiqishga tayyor. Bu haqda Energetika vaziri Taner Yildiz bayon qildi.
Yahudiy davlati 2010-yilda turk kemasiga qilingan hujum yuzasidan kechirim so’ragach, munosabatlar izga tushayotganday. O’shanda G’azo sektoriga nisbatan joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni buzib o’tishga uringan kemadagi turk faollari otib o’ldirilgan edi.
Istanbuldagi Qodir Hos universitetidan ekspert Soli Ozel energetik hamkorlikdan ikkala davlat foyda ko’rishini aytadi.
“Isroil rasmiylari Turkiya hududi orqali o’tadigan gaz quvurlari haqida gapirmoqda. Turkiya esa azaldan shimoldan janubga, sharqdan g’arbga o’tadigan quvurlar markazida bo’lishni, mintaqaning tranzit nuqtasiga aylanishni istaydi”, - deydi Ozel.
Ammo Turkiya qo’ygan talablar to’la bajarilganicha yo’q. Isroil hukumati qurbonlar oilalariga kompensatsiya to’lashga va’da bergan. Turkiya bosh vazir muovini Bulent Arinchga ko’ra, muammo tezroq hal bo’lishidan tomonlar manfaatdor.
Tovon to’lansa, Turkiya sudlarida Isroilga qarshi ko’rilayotgan bir qancha ishlarga nuqta qo’yilgan bo’lardi. Isroilning ham talabi shu, deydi rasmiy.
Ikkala davlat diplomatlari keyingi hafta Anqarada ushrashib, kompensatsiya masalasini muhokama qiladi. Masala hal bo’lishiga umid bor.
Tahlilchi Soli Ozel munosabatlar yaxshilanishi yo’lida to’siq deb ko’rilayotgan Yaqin Sharq tinchlik muzokaralari, aniqrog’i, bu jarayon to’xtab qolganiga e’tibor qaratadi.
“Gap shundaki, falastinliklar o’z davlatiga ega bo’lishidan Isroil manfaatdor emas. Turkiya esa ko’plab mamlakatlar qatori Falastin davlati yuzaga kelishini, murosaga erishilib bu xalq ham farovon hayot kechirishini istaydi. Tafovutlar yaqqol ko’rinib turibdi”, - deydi u.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmed Dovudo’g’lining bildirishicha, Isroil bilan aloqalar tiklanishining yana bir sharti - G’azo sektoriga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar bekor qilinishi kerak.
Semih Idiz Turkiyaning “Taraf” gazetasi muxbiri, diplomatik masalalarni yoritadi. Uning fikricha, hukumat islomiy kuchlar fikrini ham inobatga olmasa bo’lmaydi.
“Islomchilar Isroil bilan yaqinlashuvdan norozi. Ular Isroilni yer yuzidan yo’q qilish kerak deb keladi. Hukumat bu masalani obdon o’rganib, barcha taraflarga ma’qul bo’lgan yechim topishiga ishonaman. Umuman olganda, islomiy kuchlar ham Isroil bilan aloqalar yaxshilanishidan foyda borligini tushunadi, nazarimda”, - deydi Idiz.
Har ikkala davlat energetikadan tashqari boshqa sohalarda ham mushtarak manfaatlarga ega. Ular Suriya bilan chegaradosh va Bashar al-Assad rejimiga qarshi. Isroil va Turkiya, shuningdek, AQShning yaqin hamkorlari. Vashington esa adovatni bas qiling deya undayapti.
Your browser doesn’t support HTML5