Qozog’iston hukumati so’nggi hafta ichida ikki jurnalistga qarshi uyushtirilgan hujumlarni tekshirib, aybdorlarni javobgarlikka tortishi kerak, deyiladi Jurnalistlarni himoya qiluvchi xalqaro qo’mita (Commitee to Protect Journalists) bayonotida.
13-avgust kuni poytaxt Ostonada uch no’malum kishi jurnalist Maksim Kartashovni kaltaklab, bo’g'ishga uringan.
Kartashov - “Xokkey Kazaxstana” sport jurnalining bosh muharriri, shuningdek, "Ekspress-K" internet sayti muxbiri.
Ma’lum bo’lishicha, Kartashovning miyasi jarohatlangan, badani ko’kargan.
Jurnalist so’nggi paytlarda Qozog’iston xokkey uyushmasida korrupsiya qanchalik chuqur ildiz otgani haqida maqolalar yozgan.
Xokkey uyushmasi esa voqeaga aloqasi yo’qligini bildirib, jurnalistga hujumni qoralagan.
Muxolifat gazetalariga yozib tanilgan Ularbek Baytaylaq 8-avgust kuni Ostonadagi uyi yaqinida qattiq do'pposlangan. Miyasi lat yegan, tishlari singan, lablari yirtilgan va badani momataloq bo’lgan jurnalist bexush holda kasalxonaga yetkazilgan.
Nyu-Yorkda asoslangan qo'mita Qozog'istonda matbuot xodimlariga nisbatan hujumlar oldin ham yuz berganini eslatib, hukumatni so'z va axborot erkinligi hamda qonun ustuvorligini ta'minlashga chaqirmoqda.