Qirg’izistonda yetishtirilgan paxtani sotish mahalliy dehqonlar uchun muammo bo’lmoqda. So’nggi ikki yilda paxtaning qariyb ikki baravar arzonlashganidan noliyotgan dehqon xo’jaliklari ko’proq poliz ekinlari eka boshlagan.
Mahalliy mutaxassislarga ko’ra, paxtachilikni saqlab qolish uchun davlat ko’magi, dasturi zarur.
Aravonlik O’smonjon aka Javlonov yoshligidan paxtachilik bilan mashg’ul. Hozirda u O’sh viloyatining olis Tuya-Mo’yun vohasida shaxsiy dehqon xo’jaligini boshqaradi. Joriy yil u yaxshigina hosil yetishtirdi, ammo paxtani sotishga shoshmayapti.
“Bu yil Tuya-Mo’yun zonasida paxta o’rtacha bo’ldi. Bir gektardan 22-24 sentner paxta oldik. Hozircha birinchi va ikkinchi terim yakunlandi, hali ko’saklar bor. Paxta bu yil ko’p ekildi, ammo sarflangan xarajatni qoplagani yo’q. Mineral o’g’itlar qimmat, sug’orish uchun suvning bir litri yetti tiyin. Paxta narxi esa bugungi kunda Tuya-Mo’yunda 30 so’mdan oshmayapti. Paxtaning tan narxi ham 28-30 so’m atrofida. Dehqonga faqat g’o’zapoyasi qolyapti xolosda”, - deydi u.
Janubiy Qirg’izistonda paxta azaldan asosiy qishloq xo’jaligi o’simliklaridan biri bo’lib kelgan. Sobiq Ittifoq davrida yalpi hosil yiliga 200 ming tonnadan oshgan.
Xususiylashtirish jarayonidan so’ng qishloq xo’jaligi ekinlari tizimi o’zgargan. Dehqonlar o’zlariga qulay va daromadli ekinlarni o’stirishga kirishgan. Oqibatda paxta maydonlari yildan yilga kamaya boshlagan. So’nggi ikki yilda paxta narxi keskin tushib ketgan. Bu hol dehqonlar shashtini yanada pasaytirmoqda.
“Keyingi yillarda ko’pchilik bog’dorchilikka o’tib ketsakmi, bog’larni ko’paytirsakmi, deb yurishibdi. Boshqa iloji qolmayapti, paxta ekkanlar o’z xarajatlarini ham qoplamayapti. Yaxshiyamki farzandlarimiz Rossiyalarda ishlab, pul jo’natmoqda. Paxtani ko’proq ekish uchun, menimcha, mulozimlar Rossiya bilanmi, boshqa o’lkalar bilanmi, yirik miqdorga shartnoma tuzsa, keyinchalik erta bahorda dehqonga 30 foiz mablag’ bersa, yonilg’i, mineral o’g’it, yer haydash uchun, paxta narxi 40-50 so’m bo’lsa, o’shanda dehqon paxtani ekaveradi”, - deydi O’smonjon Javlonov.
Xomashyo sotib oluvchi korxonalar esa dunyo bozorida paxta narxi tushib ketganini ro’kach qiladi.
Mahalliy qishloq xo’jalik idoralari mustaqil dehqonlarga bot-bot paxtachilikdan kechmaslikni tavsiya etishadi. Ular sohani qanday yo’l bilan bo’lsada saqlab qolish zarurligini ta’kidlaydi. Mutaxassislarga ko’ra, paxta tolasi hozirgi kunda Qirg’izistonning asosiy eksport mahsulotlaridan biri bo’lib qolayotir.
Ahmadjon Mahamadov viloyat gubernatorining qishloq xo’jaligi bo’yicha muovini sifatida ko’p yillar paxtachilik muammolari bilan shug’ullangan.
“Bu yil dunyo bozorida paxtaning narxi ko’tarilmay, dehqonlarning shashti ancha past. Hozir Qirg’izistonda bir kilo paxtaning narxi 34 so’m bo’lgan bilan uning terilishi 6-7 so’mga chiqib ketdi. Paxtani o’stirishi esa qimmatga tushyapti, tan narxi ancha baland. 20 yil mobaynida paxtachilik sohasiga hech qanday maxsus texnika kelmagan. Eng muhimi, hasharotlarga qarshi ishlatiladigan texnika kelmayapti”, - deydi mulozim.
Mutaxassislar fikricha, paxtachilikka jiddiy e’tibor berilmasa, o’lkada ushbu soha sekin-asta yo’qolib ketishi ehtimoldan xoli emas. Sohani saqlab qolish uchun unga davlat diqqat-e’tibori va ko’magi, aniqrog’i, davlat dasturi lozim. So’z, jumladan, yig’ib olingan xomashyodan o’lkaning o’zida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish haqida ketmoqda.
“Dunyo bozorida paxta narxi ko’tarilmasa, dehqonlarga davlat ko’magi haqida o’ylashimiz kerak. Boshqa yo’li yo’q. Ammo paxta ekmay qo’ysak, dalalarni yomon cho’p-o’tlar bosib ketadi, hozir dalalarimiz paxta chopilishi evaziga toza turibdi. Ayni paytda paxta asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. Yoki o’lkada paxta klasteri tuzish kerak, ya’ni xomashyoni butunlay o’zimizda qayta ishlab chiqib, undan tayyor mahsulot chiqarib sotsak, o’shanda paxtachilik rivojlanadi”, - deydi Ahmadjon Mahamadov.
Mahalliy sanoatchilarga ko’ra, ertami-kech tabiiy paxta tolasiga ehtiyoj yana ko’tariladi. Shunday ekan, paxtakor-dehqonga ko’mak berish yo’lini topish kerak, deydi suhbatdoshlar.
Aytish joizki, Qirg’izistonda paxta maydonlari mutaqillik yillari ikki barobar kamaygan bo’lsada, paxtani qayta ishlovchi kichik zavodlar soni bir necha barobar ko’paygan. Sanoatchilar esa bekorga pul tikishmaydi.

Your browser doesn’t support HTML5