O'shliklar Bishkekdagi muhokama haqida qanday fikrda?

  • Amerika Ovozi

O'shliklar Bishkekdagi muhokama haqida qanday fikrda?

Qirg’iziston parlamentida o'tgan yili yozda O'sh va Jalol-Obodda yuz bergan xunrezliklar muhokamada va bu borada hukumat a'zolarining hisobotlari tinglanmoqda.

Jumladan prezident Roza Otunbayeva qonunchilarning savollariga javob berib, o'zi qilgan ishlarni asoslab berishga urindi.

Rahbarning aytishicha, kelishmovchiliklarni bartaraf etish, barqarorlikni tiklash va elatlaro totuvlikni ta'minlash uchun u qo'ldan kelgan barcha chorani ko'rgan, ammo nazorat baribir boy berilgan. Muvaqqat hukumat qirg'inning oldini ololmagan.

Masalani ko'rib chiqayotgan maxsus komissiya a'zolari orasida yakdillik yo'q. Deputatlar til topishishga qiynalmoqda. Parlamentdagi munozaralar 9 iyun kunigacha davom etishi kutilmoqda.

O'sh

O'sh ahli Bishkekdagi majlislar-u, fojia yuzasidan tayyorlangan hisobotlar haqida qanday fikrda?

Xalqaro komissiyaning tahlilnomasi, qolaversa bugungi ahvol xususida nima deydi?

Marhamat, tinglang: