YAMAN
Yaman rasmiylarining bildirishicha, bugun janubda havo hujumida al-Qoidaga aloqador besh kishi yo'q qilingan. Jangarilarning Zinjibar shahridagi pozitsiyalari nishonga olingan. Ikki oddiy fuqaroning ham o'lgani aytilmoqda.
Kecha o'n minglab yamanliklar poytaxt Sano ko'chalarida namoyishga chiqib, hukumatni Abiyan viloyatida islomiy jangarilarga qarshi yetarlicha kurashmayotganlikda ayblagan.
BAHRAYN
Bahraynda hukumat islohotlarni talab qilib namoyishga chiqqan shialar bilan ilk muloqotni boshlamoqda. Sessiyada vazirlar, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va nodavlat tashkilotlari ishtirok etdi.
Siyosiy islohotlar, iqtisodiyotni kuchaytirish, bolalar huquqlari va ayollar mavqei muhokama qilinadi. Qirollikda aholining aksariyati shialar bo'lgani bilan hokimiyat sunniy sulola qo'lida.
SURIYA
Suriyaning hukumatga qarshi ko'p ming sonli namoyishlar o'tgan Hama shahrida faollarni ta'qibga olish davom etmoqda. Bugun askarlar kamida olti kishini otib o'ldirgan. Kecha shaharda reydlar o'tkazilib, kamida 20 kishi hibsga olingan. Hamaga tanklar kiritilgan.
Suriyalik namoyishchilar bir necha oydan beri prezident Bashar al-Assadni iste'foga chaqirib keladi. Juma kuni yuz minglab odam juma namozidan so'ng chiqish qilgan edi.