Moldova gagauzlari Rossiyaga yaqin bo'lishni xohlaydi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Turkiya o’tgan yili Rossiya samolyotini urib tushirganidan so’ng ikki davlat aloqalari pastga sho’ng’idi. Ular Suriyada ham qarama-qarshi tomonlarni quvvatlab kelmoqda.

Ham Rossiya, ham Turkiya bilan do’stona aloqani saqlab qolishga harakat qilayotgan davlatlar va guruhlar bor. Masalan, Moldovaning Gagauziya mintaqasi.

Gagauziya 160 ming aholiga ega. Turkiy xalqlarning bir urug’i bo’lmish gagauzlar bugungi Moldova Respublikasining avtonom bir hududida yashaydi. Rus tilida gaplashadi.

Rossiya va Turkiya o’rtasidagi nizo, Suriya bo’yicha kelishmovchiliklar bizni noqulay ahvolga qolib qo’ydi, deydi gubernator “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

“Bugungi kunda Suriya masalasi yuzasidan biror rasmiy munosabat bildirishimiz qiyin”, - deydi Irina Vlah.

Sovet Ittifoqi qulaganidan buyon mintaqa Rossiyaga tayanadi.

“Turkiy xalqmiz, lekin tarix taqozosi bizni Rossiya bilan bog’lab qo’ygan”, - deydi Gagauziya etnografiya muzeyi direktori Lyudmila Marin.

Gagauziya - avtonom hudud. Moldova Yevropa Ittifoqiga qo’shilgan taqdirda ham bu maqomni saqlab qolmoqchi. Aksar gagauzlar Rossiya bilan integratsiyani ma’qul ko’radi.

“Turkiyzabon bo’lsak-da, Rossiya bizni o’ziga tortadi, ruslar bilan yaqinmiz”, - deydi Nina Balava.

Moskva ham muxtoriyat bilan do’stona aloqada. Rossiya Moldovadan vino importini to’xtatgan, lekin Gagauziyadan mahsulot xarid qiladi.

“Moldova hukumatiga doimo aytamiz. Rossiya bilan ham, Yevropa Ittifoqi bilan ham munosabatlar biz uchun muhim”, - deydi gubernator Irina Vlah.

Uning aytishicha, Moldovani qamrab olgan korrupsiya mojarosi, banklardan 1 milliard dollar pul g’oyib bo’lgani shundan dalolatki, mamlakat tub islohotlarga muhtoj va hali-beri Yevropa Ittifoqiga qo’shilishga tayyor emas.