Moskvadagi yong’inda 17 ishchi muhojir o’lgan

  • Amerika Ovozi

Rossiya poytaxti Moskvadagi binolarning birida yong’in boshlanib, 17 kishi o’lgan. Bari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan kelgan ishchi migrantlar bo’lgani ma’lum.

Voqea ertalab soat 5 larda Kachalov bozoridagi angarda ro’y bergan. Imoratga ikki qavatli bino tutash bo’lib, odamlar chiqa olmagan, so’ng shift qulagan.

Dastlabki taxminlarga ko’ra, isitgich alanga olgan. Bozordagi bu bino sohibi hibsda. Muhojirlar og'ir sharoitda, sanitariya-gigiyena qoidalari, oddiy imkoniyatlar yaratilmagan bir holda kun kechirgan, deydi rasmiylar.