2012-yilgi saylovda Putin va Medvedev o’rin almashadi

  • Amerika Ovozi

2012-yilgi saylovda Putin va Medvedev o’rin almashadi

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev 2012-yilgi saylovda Bosh vazir Vladimir Putin nomzodini qo’yishni taklif etmoqda.

Taklif Putinga ma’qul. Rossiyani 2000-2008 yillarda boshqargan rahbar yana hokimiyatga qaytishiga shubha yo’q.

“Yedinaya Rossiya” partiyasining yillik majlisida so’zlagan Dmitriy Medvedev Putinni prezidentlikka, Putin esa Medvedevni bosh vazirlikka munosib deb ko’rdi.

Ommaviy so’rovlar natijasiga qaraganda, Vladimir Putin rahbarlikni osonlikcha qo’lga kiritadi va mamlakatni 2024-yilgacha boshqarishi mumkin.

Rossiya konstitutsiyasiga yaqinda o’zgartirishlar kiritilgan. Unga muvofiq, yangi prezident bundan buyon to’rt yilga emas, olti yilga saylanadi.