Vladimir Putinning prezidentlikka qaytgani Rossiya uchun demokratik chekinishlar davri deya ko’riladi. Muxolifat a’zolari ta’qibga uchramoqda, ayrimlari qamaldi, boshqalari vatanini tark etishga majbur.
O’tgan yilning mayida millionlab fuqarolar Vladimir Putinning inaguratsiyasini norozilik namoyishlari bilan qarshi olgan edi. Politsiya ularni tarqatib yubordi. Namoyishga chiqqanlar orasida Leonid Razvozjayev ham bor edi. U hibsga olinadi va yana 18 faol bilan birgalikda javobgarlikka tortiladi.
Razvozjayev Ukrainaga qochib, BMTdan siyosiy boshpana so’raydi.
Lekin poytaxt Kiyevda u bir kuni ishxonasidan chiqadi-yu g’oyib bo’ladi va ko’p o’tmay Moskvada paydo bo’ladi.
Militsiya uni olib ketayotganida Razvozjayev “meni qiynoqqa solishdi, o’ldiramiz deyishdi, Ukrainadan o’g’irlab olib kelishdi”, deya jurnalistlarga yolvoradi.
Ushbu voqea barcha muxolifatchilar uchun Kremldan signal, deydi kiyevlik faol Maksim Butkevich.
“Ukrainada siyosiy boshpana so’ramoqchi bo’lganlar bir narsani aniq tushundi. Ukrainada boshpana so’rash xavfli”, - deydi u.
Yuliya Razvozjayeva Irkutsk shahridagi qamoqxonada saqlanayotgan turmush o’rto’g’idan xavotirda.
“Irkutskdagi hibsxona eng dahshatlisi. Mahbuslarga jismoniy va ruhiy qiynoq qo’llaniladi. Hozircha unga jismoniy ziyon bo’lmaganiga ham shukur. Lekin u yerdagi ahvol juda qo’rqinchli”, - deydi ayol.
Kremlning qo’li undanda uzoqroqqa yetadi. Putinga qarshi namoyishlarda qatnashgan faol Aleksandr Dolmatov o’tgan oy Gollandiyaning Rotterdam shahri aeroportidagi muvaqqat hibsxonada o’z joniga qasd qildi. U Gollandiyadan siyosiy boshpana so’rab, rad javobini olgan. Onasining bildirishicha, Rossiya xavfsizlik xizmati raketalar bo’yicha muhandis Dolmatovni Rossiyada xiyonatda ayblanib qamalasan, deb qo’rqitgan.
Vatandan qochgan yana bir namoyishchi Anastasiya Ribachenko hozir Estoniya universitetida tahsil olmoqda.
“Xavfsizlik yuzasidan xavotirim yo’q. Estoniya Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakat. Rossiya bu yerdan odam o’g’irlashga jur’at etolmasa kerak”, - deydi Ribachenko.
Muxolifatchi Suren Gazaryan ham Estoniyada panoh topgan. Rossiyada ijobiy o’zgarishlar bo’lishiga ishonmaydi. “Hozirgi tizim, Putin tizimi yo’q bo’lmas ekan, Rossiyaga qaytishim amri mahol”, - deydi u.
Sibirdagi qamoqmi yoki G’arbda boshpana? Azaldan Rossiyada hokimiyatni tanqid qilganlar surgunga uchragan. Vladimir Putin davrida ham bu amaliyot davom etmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5