Rossiya muxolifati nolishdan nariga o'ta oladimi?

  • Amerika Ovozi

Moskva, 11-mart 2012

Kecha Moskvada o’tgan norozilik namoyishlariga kutilganidan kamroq odam chiqqan.

O’tgan hafta prezident saylovlaridan oldin, fevral oyining so’nggi qahraton kunlarida yuz bergan chiqishlarda 100 mingdan oshiq fuqaro qatnashgan edi.

Oradan bir hafta o’tib, quyosh charaqlab turgan kunlarda esa ular safi siyraklashgan.

Xavfsizlik kuchlari vertolyotlarda kuzatgan mitingda gapirar ekan, Ksenya Sobchak, teleyulduz va bugun muxolifat yetakchilaridan biri, safdoshlarini shior va plakatlardan amaliy qadamlarga o’tishga undadi.

Demokratiya nima ekanini tushuntirish kerak, deydi u. Mustaqil adliya, erkin matbuot, erkin saylovlar. Mana shu talablarni olg’a surish lozim, deya hayriqadi Sobchak.

Sergey Udaltsov 1 million kishilik namoyishlarga chaqirmoqda

Muxolifat Vladimir Putinning uchinchi bor prezidentlikka saylanganini tan olmayapti. Markaziy saylov komissiyasi 64 foiz ovoz bilan g’olib chiqdi desa, oppozitsiya va kuzatuvchilar uzog’i bilan 54 foiz olgan, qolgani qo’shilgan deya natijani shubha ostida olmoqda.

Ksenya Sobchak fikricha Rossiyada siyosiy partiyalar rivojlanishi va fuqaro jamiyati ildiz otishi uchun harakatni kuchaytirish kerak.

20 yoshli talaba, jurnalistika sohasini o’qiyotgan Vera Kichanova rayon kengashiga saylangan.

Yoshlarni siyosatga jalb qilish, ularning ongini oshirish kerak, deydi u mitingda so’zlar ekan.

Garri Kasparov, muxolifat liderlaridan biri, bu yog’i yana Putin qo’lida deb umidni boy bermang, deydi.

Kecha Moskvada namoyishchilar va Putin tarafdorlari orasida to’qnashuvlar kuzatilgan. Ichki ishlar xodimlari bir necha odamni hisbga olgan, asosan millatchi guruh vakillarini.

“Yabloko” va “Parnas” partiyalari milliarder va saylovda nomzodini qo’ygan Mixail Proxorov bilan hamkorlikda yangi siyosiy harakat tuzish ustida ishlamoqda.

“So’l qanot” partiyasi lideri Sergey Udaltsov 7-may kuni Putin prezidentlik qasamyodini keltirishi oldidan 1 million kishi ishtirokida norozilik namoyishiga chiqishga undamoqda.

MOSKVADA NAMOYISHLAR: