AQSh Vakillar Palatasi bugun ikki muhim qonunni tasdiqladi. Biri Rossiya bilan savdo aloqalarini kengaytirishni ko'zlaydi, ikkinchisi esa inson huquqlari muntazam ravishda buzilayotgani uchun bu davlat rasmiylarini jazolaydi.
Hujjatlar endi Senat e'tiborida. Qonun kuchga kirishi uchun har ikki palata tasdig'idan o'tgan loyihalar prezident tomonidan imzolanishi kerak.
Vakillar Palatasi ikki hujjatni bir qonun shaklida ma'qulladi, maqsad - ularni bir-biriga bog'lash. Hamkorlikni kengaytirish sharti bilan Kremlni fuqarolar erkinligini ta'minlashga majburlash.
Sovet davrida qabul qilingan qonun, Jekson-Vanik nomi bilan tanilgan akt, Moskvadan yahudiylar huquqini hurmat qilish va ularning emigratsiya qilishi uchun sharoit yaratib berishni talab qilar edi. Buning evaziga esa savdo bobida qator imtiyozlar berilar edi.
Yangi hujjatga ko'ra, Rossiyada inson huquqlarini oyoqosti qilayotgan yuqori lavozimli rasmiylarga AQSh viza bermaydi. Shuningdek, ularning Amerika banklaridagi hisoblari muzlatiladi.
Bu loyihaga Rossiyada uch yil oldin qamoqda o'lgan advokat Sergey Magnitskiy nomi berilgan. Magnitskiy soliq tizimidagi qallobliklarni fosh etib tanilgan edi. Yangi qonunda uning qiynoqqa solinishi va o'limida ayblangan shaxslar nishonga olinmoqda.
Rossiya hukumati Vashingtonning bu harakatlaridan norozi va hujjatni provokatsiya deya baholamoqda. Tashqi ishlar vazirligi so'zlovchisi Aleksander Lukashevich deydiki, yangi qonun ikki davlat orasiga sovuqlik tushiradi va aloqalar taranglashishi turgan gap. Kreml qarab turmaydi, deydi rasmiy.
Obama ma'muriyati Kongressning bu tashabbusini butunlay quvvatlamagan. Oq Uy savdo bo'yicha alohida qonun qabul qilinsa va u inson huquqlari masalasi bilan bog'lanmasa yaxshiroq bo'lar edi degan fikrda. Ammo ijroiya organi Kongressning ishiga aralasha olmaydi.