AQShda harbiy texnologiyalarni Rossiyaga sotish gumoni bilan 11 kishi qo’lga olingan, barchasi Rossiya va boshqa sobiq Sovet davlatlaridan.
Ulardan biri, Aleksandr Fishenko, Qozog’istonda tug’ilgan, 2003-yilda Amerika fuqaroligini olgan. Rossiya pasportiga ham ega.
Tergovchilarga ko’ra, u Texasda asos solgan Arc Electronics firmasi maxfiy tarzda radar va kuzatuv asboblari, shunindek, raketani mo’ljalga yetkazadigan sistemalar uchun qismlar ishlab chiqargan.
Mahsulot Rossiyaning mudofaa va razvedka agentliklariga yetkazib turilgani taxmin qilinadi. Aleksandr Fishenko, agar josuslikda aybdor topilsa, 55 yilga qamalishi mumkin. Tergov hujjatlarida Aleksandr Posobilov va Viktoriya Klebanova ismli shaxslarning ham ismlari keltiriladi.
Kreml bu guruhga aloqasi yo’qligini bildiryapti.
“Guruh a’zolariga qo’yilgan ayblar jinoiy xarakterga ega, josuslik haqida gap ketmayapti. Bu voqeani tekshirib, tagiga yetish kerak”, - deydi Sergey Ryabkov, Rossiya tashqi ishlar vaziri muovini.
AQSh Adliya vazirligi bayonotiga qaraganda, Texasning Xyuston shahrida asoslangan elektronika firmasi harbiy texnologiyalarni Rossiyaga olib chiqish uchun soxta hujjatlardan foydalangan.
Bu ish bilan ular 2008-yildan beri shug’ullanib kelgan, deydi rasmiylar.