Saudiya Arabistonida ayollar endi ajrim haqida bilishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Riyod ko'chalarida

Shu paytgacha Saudiya Arabistonida erkaklar rafiqasidan unga aytmay ham ajrashishi mumkin edi. Yangi qonunga ko'ra, sudlar endi ayolni boxabar etishi shart, telefonda tekst orqali.

Maqsad, deya tushuntiriladi rasmiy bayonotda, ayollarning o'z hayoti bilan bog'liq axborot olishini ta'minlash va aliment so'ray olishi uchun imkon berish.

Lekin bu axborot hozircha telefon va tekst orqali beriladi.

Ayollar ajrim haqida Adliya vazirligi sayti orqali bilishlari mumkin.

"Aksariyat arab davlatlarida shu ahvol", - deydi jinsiy tenglik uchun kurashuvchi tashkilot vakili Suad Abu-Dayya.

"Saudiya Arabistoni hozir shu borada ozginagina o'zgarish qilmoqda xolos, lekin to'g'ri ish".

O'tgan yildan beri qirollikda xotin-qizlar mashina haydashi mumkin. Yaqindan binoan ular sport musobaqalariga borishi, mahalliy hokimiyat uchun saylovlarda ovoz berishi va ishxonada kattaroq lavozimlarda mehnat qilishi mumkin.

Lekin Saudiya Arabistonida ayollar hayoti hamon cheklangan. Ular erkin oila qurishi, ajrashishi, sayohat qilishi, ishlashi va hatto shifokor huzuriga borishi mumkin emas. Erkak hamrohlik qilishi shart - otasi, eri yoki o'g'li.

"Bu cheklovlar xotin-qizlar hayotini tubdan bo'g'ib keladi", - deydi Abu-Dayya.