Pekin Tolibonga iqtisodiy yordam taklif qilmoqda. Evaziga esa Kobul Xitoy xohlagan jangari guruhlarni yo'q qilishi, ularning qo'lga tushgan a'zolarini unga topshirishi shart.
Shu tariqa Pekin izolyatsiyada yashayotgan Afg'onistonning eng yaqin va eng yirik hamkoriga aylanishga bel bog'lagan.
Xitoy hukumatni toliblarni barcha afg'onlarning manfaatlarini aks ettiruvchi hukumat tuzishga va inson huquqlarini hurmat qilishga ham undab kelmoqda. Pekindan diplomatlar deydiki, bu borada Xitoy xalqaro hamjamiyat bilan hamfikr.
Biroq uyg'ur jangarilarga qarshi kurashda, Xitoy nazarida terrorist hisoblangan guruhlarga nisbatan chora ko'rishda va savdo yo'llarini qo'riqlashda Pekin Tolibon bilan alohida kelishuvlarga erisha boshlagan.
Xitoy oldingi hukumat davrida ham Kobulda bilan bu masalalarda ishlar edi. Endilikda esa o'sha manfaatlar yo'lida toliblar bilan hamkor.
Tolibonni hali biror davlat Afg'onistonning yangi humumati sifatida tan olmagan. Mamlakat o'ta og'ir iqtisodiy ahvolda. Tolibon, deydi Kobuldagi manbalar, Xitoy sarmoyasiga aslo yo'q deya olmaydi.
Buni ham ko'ring AQSh Zavohiriyga boshpana bergan Haqqoniy oilasini ham nishonga oladimi?"Diplomatik harakatlar avjida, ammo hozircha samara sezilmayapti", - deydi Kabir Taneja, hind tahlilchi.
"Pekinning maqsadlari ayon, lekin o'ta ehtiyorkotlik bilan qadam tashlamoqda, chunki Tolibonning homiysi sifatida ko'rinishni xohlamaydi. Afg'onistonga yordam Tolibonni jangari kuch sifatida mustahkamlamasligi kerak".
Aprel oyida Afg'onistonning Pekindagi elchixonasi Tolibon vakolatxonasiga aylandi. Xitoy kompaniyalari Afg'onistonda yangi bizneslar ustida ishlamoqda.
Zilziladan azob chekkan afg'onlarga Pekin 8 million dollarlik yordam ko'rsatdi.
Toshkentda 26-iyul kuni o'tgan xalqaro anjumanda Xitoy delegatsiyasi O'zbekistonni Afg'oniston orqali Poskin portlari bilan bog'lovchi transport loyihasini moliyalashini e'lon qildi.
Ekspertlar nazarida Xitoy Afg'oniston suyangan kuchga aylanmoqchi emas. Uning asosiy istagi - "uyg'ur terrorchilarni yo'q qilish". Pekin taxminicha, Xitoyga qarshi xorijda qurol bilan kurashayotgan uyg'urlrning o'chog'i hali ham Afg'oniston.
Pekin Tolibon bu jangarilarini osonlikcha chiqarib yuborishi yoki siquvga olishiga ishonmaydi, deydi "Amerika Ovozi" bilan so'zlashgan tahlilchilar. Tolibon buning uchun Xitoydan katta miqdorda moliya undirishni xohlaydi.
Tolibon Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy yaqinda Toshkentda shunday dedi:
"Biz o'z a'zolarimiz yoki biror boshqa guruhga, jumladan al-Qoidaga, zaminimizdan turib biror tarafga xavf solishiga yo'l qo'ymaymiz".
Tolibonning hozirga kuzatilgan yondashuvi shuki, deydi ekspertlar, u terrorchi va jangarilarni Afg'onistondan haydamaydi, lekin ularning faoliyatini cheklaydi.
Tolibon shu kunlarda uyg'ur jangarilarni Badaxshon viloyatidan ko'chirayotgani haqida ma'lumotlar bor. Badaxshon Xitoy bilan 76 kilometrlik chegaraga ega.
Buni ham ko'ring Ayman al-Zavohiriyning o'limi nimani anglatadi?Yevropadan "Miliant Wire" nomli nashr yurituvchi Lukas Uebber tahlilicha, uyg'ur jangarilar Tolibon iznida va uning irodasiga qarshi yura olmaydi. Oldingi yillarga qaraganda, deydi Uebber, bu uyg'urlar hozir ancha passiv. Ular 2018-2021 yillarda Xitoyga tinimsiz tahdid qilgan.
Xitoy "Islomiy davlat"ning Xiroson bo'limidan ham xavotirda.
"Islomiy davlat" Xitoyni dushman deb biladi va Tolibonning Pekin bilan yaqinligini qoralab kelmoqda", - deydi Uebber.
"Islomiy davlat"ning Xuroson bo'limi so'nggi targ'ibot videolarida ikki davlat bosh diplomatlarini "aka-ukalar" deya mazah qilgan.
BMT bergan ma'lumotlarga ko'ra, bu terror guruhi yaqin oylarda 50 uyg'ur jangarini katta maosh bilan Afg'onistonda faoliyatini kuchaytirish uchun yollagan.
Pokistondagi Tehrik-i-Tolibon va Baluch etno-separatist guruhlar Xitoy boshqaradigan regional savdo yo'llariga tahdid solishda ayblanadi.
Tolibon hokimiyatga qaytganidan keyin bu yo'llarda va Xitoy inshootlar qurayotgan hududlarda uning ishchilariga hujumlar qilingan, odamlar o'lgan.
Pokiston-Afg'oniston chegaralariga yaqin joylarda xitoylik o'qituvchilar va boshqa mutaxassislar halok bo'lgan.
2018-yilda ham Pokistonda Xitoy konsulligi va bizneslariga qonli xurujlar qilingan edi.
Pekin uchun bular yaqin va dahshatli o'tmish, deydi ekspertlar. Shu bois Tolibonga qattiq shartlar qo'yishi tabiiy.
Xitoy Tolibonning eng ekstremist qanotini, jumladan Haqqoniy tarmog'ini uy'gur jangarilar va boshqalarga qarshi chora ko'rishga ko'ndira oladmi? Tahlilchilarga ko'ra, Pekin uchun eng nozik sinov hozir shu.