Turkiya Bosh vaziri Rajap Toyip Erdog’anning aytishicha, Somalida Turkiya elchixonasi qayta ochiladi va bu davlatda ochlikka qarshi kurash yo’lida yordam beradi.
U bugun poytaxt Mogadishuda qochqinlar bilan ko’rishib, gumanitar yordam keltirib, ofat bilan yuzlashgan bu davlatga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratmoqda.
Oilasi va vazirlari bilan borgan Erdog’an Afrika shimolini qaqshatgan qurg’oqchilikning shohidi bo’ldi.
Uning matbuot anjumanida so’zlashicha, Turkiya Mogadishu aeroportidan shahar markazigacha yo’l quradi, toki yordamni eltish oson bo’lsin.
Hafta boshida Turkiya bosh vaziri musulmon dunyosiga murojaat qilib, Somalini suyab yuborishga undadi.
57 davlat a’zo Islomiy Hamkorlik Tashkilotining Istanbuldagi muloqoti ketida Erdog’an 350 million dollar yordam va’da qilinganini aytdi.
Somalida, BMT hisob-kitobiga ko’ra, 3.2 million odam ochlik yoqasida, Afrika sharqida esa 12 million kishi to’yib ovqatlanmaydi.
Qo’shma Shtatlar Somali va qo’shni davlatlarda qurg’oqchilik va qahatchilik bilan olishish uchun 565 million dollar ajratgan.