O’tgan yil oxirlarida Tojikistonning So’g’d viloyatida Xo’jand shahar sudi yosh huquqshunoslarning bir tashkilotini yopishga hukm chiqargan edi. Qarordan norozi yoshlarning viloyat sudiga bergan kassatsion arizasi ham inobatga olinmadi.
2005-yildan beri Tojikiston yoshlari orasida huquqiy bilimlar saviyasini oshirish doirasida faoliyat olib borgan “Amparo” tashkiloti AQShning Tojikistondagi elchixonasi, Amerikaning demokratiyani qo’llash jamg’armasi, Norvegiya Xelsinki jamg’armasi, Yevropa Komissiyasi, Soros va Yevraziya singari bir qator xalqaro tashkilotlar hamda mahalliy tadbirkorlar hamkorligida o’nlab loyihalarni amalga oshirgan.
Kuzatuvchilarga ko’ra, tashkilotning keng ko’lamli faoliyati hukumat doiralariga xush kelmagani sabab uning faoliyatiga zo’raki barham berilgan.
Amerika yuristlar uyushmasi programmasi asosida bilim olgan eng faol yosh huquqshunoslar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Amparo” a’zolari fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarini himoya etish hamda mamlakatda demokratik va huquqiy davlat qurish asoslarini mustahkamlash yo’lida harakat qilgan.
Yosh huquqshunoslar harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning huquqiy bilimini oshirish, huquqbon yoshlar maktablarini tashkil etish, yetim-mayib bolalarning bilim olishlariga ko’mak berish, Markaziy Osiyoda odam savdosi va so’z erkinligi loyihalari hamda yoshlarning saylovlarda ishtiroki, ijtimoiy va mehnat huquqlari monitoringlarini tashkil etib kelgandi.
Ularning ko’magida o’nlab yoshlar noqonuniy majburiy harbiy xizmatdan ozod qilingan.
Xo’jandlik bir advokatning aytishicha, “Amparo” aynan harbiy xizmatga chaqiriluvchilar orasida huquqiy targ’ibot olib borgani, ular himoyasiga chiqqani uchun sud hukmi bilan berkitilmoqda.
“Тоjikistonda bironta amaldorni bolasi armiyada xizmat qilganini eshitmadim, o’rniga yolg’iz o’g’il yoki kasalmand bolalar ketadi. Amparo ularni himoya qilardi, yordam berardi. Maqsadlari ularni pachaq qilish edi, mana pachag’ini chiqarishdi. Meni gapim ehtimol xunukdir, lekin to’g’risi ham shu”, - deydi advokat.
Аmparo raisi Dilrabo Samadova deydiki, sudning qarori hukumat odamgarchilikdan juda yiroqda turib, nomutanosib ravishda bir qancha nodavlat tashkilotlariga barham berayotganidan dalolat beradi.
“Qonun va xalqaro tamoyillarga ko’ra, xatoliklarni boshqa yo’l bilan tuzatish imkoni bo’lmagan holatlarda tashkilotni berkitishlari mumkin. Da’vogar-viloyat yustitsiya boshqarmasi iddao etgan noqonuniy sayt ochishimizu, allaqanday maqolalar chiqarishimiz, yuridik manzilimizni o’zgartirganimiz, bo’limlar ochishimiz, o‘quv mashg’ulotlarimiz yoki boshqa mayda-chuyda kamchiliklar, bularning barini agar hukumat fuqarolik jamiyatini bostirish emas, rivojlantirishdan manfaatdor bo’lsa, tuzatish mumkin edi”, - deydi Samadova.
Jahongir ismli yigitning aytishicha, viloyat harbiy komissariyatidan chiqarib olinganidan so’ng unga “hali ko’ramiz, u jo’jalaring qayergacha borisharkin” deyishgan.
So’g’d viloyat va Xo’jand shahar sudi hakamlaridan hech biri jurnalistlarga hukm borasida izoh berishni istamagan.
Oxirgi sud mahkamasida ishtirok etgan huquqshunos Xursheda Raximova yoshlar so’nggi daqiqalargacha demokratik Tojikistonda mustaqil odil sud hukmidan umidvor bo’lganliklarini aytadi.
“Lekin umidlarimiz barbod bo’ldi. Amparo armiyaga chaqiriluvchi yoshlar orasida huquqiy ish olib boruvchi yagona tashkilot edi. Bu hukm bilan juda ko’p yoshlar tekin huquqiy bilim olish imkoniyatidan, demokratik taraqqiyot yo’lidan mahrum bo’lishdi. Bunday tashkilotning berkitilishi fuqarolik jamiyati taraqqiyoti uchun berilgan zarba bo’ldi”, - deydi u.
“Amparo” ni yopish haqidagi sud hukmi o’z kuchida qoldirilgan bo’lsada, tashkilot ofisi hamon yoshlar bilan gavjum. Ular tashkilotning dono huquqshunoslari kelajagiga umid qilishadi, bu yerda tekin internet, kompyuter savodxonligi, huquqiy bilimgina emas, psixologik madad ham olishadi.
Sud qarori tasdig’idan so’ng tashkilotni tugatish ishlari boshlansada, yosh huquqshunos, “Amparo” raisi Dilrabo Samadova nima bo’lmasin o’z huquqlari uchun kurashdan qaytmasligini ishonch bilan ta’kidlaydi.
“Bu qaror oliy mahkamalarga, jumladan, xalqaro tamoyillarga murojaat qilishimizga mone’lik qilmaydi. Shuning uchun kurashni davom ettiramiz, biz bu yerda albatta adolatga erishamiz”, - deydi u.
Ba’zi kuzatuvchilarga ko’ra, Tojikistonda prezidentlik saylovi yilida yosh huquqshunoslar biror bir ijobiy natijaga erishishlari qiyin ko’rinadi.
Your browser doesn’t support HTML5