Bahor keldi... Tojikiston bozorlarida.

Nohiya bozorlarida ko'klamning ilk sabzavoti - rediska sotuvga chiqdi.

Hunarmandlar rastasi dehqonchilik ish qurollari bilan to'la.

Supurgi sotuvchi hunarmand Mahkam aka bozorning o'zida ham supurgi yasash bilan band.

Supurgi sotuvchisi xaridorga molini maqtamoqda.

Dehqon bozori

Sotuvchilar navbatdagi xaridorni chorlashmoqda.

Sotuvchi ham, xaridor ham bozorga kelarkan, bug'i chiqib turgan issiq tandir somsa mazasini tatimay ketmaydi.

So'g'd tojiklari ham Andijon oz'bek do'ppisini boshdan qo'ymaydi, yil-o'n ikki oy Andijon do'ppisining bozori chaqqon.

Ko'kat bozori

Qo'lda tut yog'ochidan yasalgan taroq, tolxivichdan to'qilgan savat, nonga gul uruvchi shona - bozori chaqqon ro'zg'or buyumlari.

Qo'lbola arqondan ko'ra sun'iy toladan eshilgan arqon arzonroq.

Qish tugab bahor kelib qolgan bo'lsada, rastalarda karsillagan ekologik toza tog' olmalarini xarid qilish mumkin. Uning mazasi Eron olmalaridan ancha totli bo'ladi.

Hunarmand hoji onaning qo'lbola to'qilgan arqonlari qimmat bo'lsa-da, pishiqligi va chidamliligi uchun xaridorgir.

Bu rastalarda don-dunga qiron keltiruvchi sichqonlarga kushanda qo'lbola tuzoqdan tortib, ot-ulov uchun egar-jabduqqacha topiladi.

Bahor kelib, kunlar isigach, hovli uchun manzarali gullar ko'chati sotuvga chiqadi.

Kunlar isishi bilan ko'chatlar savdosi qiziydi. Hozicha, yog'in-sochinli sovuq kunlarda ularning savdosi sust.

Ahstlik temichilar o'z mahsulotlariga tamg'a qo'yib, bu toblangan ketmon sifatiga kafolat berishadi.