Ismat Rahimiy - o'zbekning kamtarin, jafokash va ma'rifatparvar shoiri
Sho'rolar davrida ta'qibda bo'lgan tojikistonlik o'zbek shoiri va dramaturgi Ismat Rahimiyning ijodi mustaqillik yillarida qadrlanib, kitob holida chop etildi
Shoirning xotira kechasiga uzoq-yaqinladan mehmonlar tashrif buyurishdi
Rasmiylar va ijodkorlar kutib olayotgan mehmonlarning oxiri ko'rinmaydi
Ismat Rahimiyning o'limidan so'ng chop etilgan kitoblari har muqovasida uning o'zbekona siyrati bor
Maktab tarbiyachisi qo'yi sinf o'quvchilarini tadbir tufayli ularga alohida tayyorlangan bayram dasturxoniga olib bormoqda
Konibodomlik taniqli o'zbek jurnalisti Maqsud Jo'ra, publisist Hakim Zokir va qishloq raisi o'tkaziladigan tadbir rejasiga aniqlik kiritishmoqda
O'zbekning biror tadbiri doshqozonda tayyorlangan palovxonto'rasiz o'tarmidi, osh uchun sara gurunch yuvilmoqda
Bu orada Sho'rqo'rg'on qishlog'idagi maktab sport zalida shoir ijodiga bag'ishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi boshlandi
Konibodom o'zining sara bodomlari va sarxil o'riklari bilan mashhur
Ismat Rahimiy ham bir vaqtlar ona qishlog'ida mana shu go'daklardek dovuchcha shoxlariga tamshanib qaragan bo'lsa ne ajab...
Sinfdoshlar terib tushgan nordon dovuchcha bo'y etgan qizlarning joni-dili
Maktab badiiy san'atkorlik to'garagi a'zolari mehmonlar uchun tayyorlashgan raqsni ijro etishmoqda
Professor Abdusalom Abduqodirov o'quvchialr uchun shoir kitoblariga dastxat bitmoqda
Rahimiyning front okoplarida turib o'z qo'li da bitgan xotira daftari hozir ona qishlog'ida muqaddas tumordek saqlanadi
Shoir she'rlarni ona qishloq farzandlari kuyga solib qo'shiq qilishgan
Ismat Rahimiyning singillaridan biri akasi xotirasiga bag'ishlab yig'ilgan kitob va maqolalarni bag'ridan uzgisi kelmaydi
O'zbek shoiri va dramaturgi ijod namunalari o'quvchilarga tarqatilmoqda
Tadbirdan so'ng bahorda yashillikka burkangan daratlar ostidagi qadrdonlar suhbatige ne yetsin
Sho'rqo'rg'onlik qizaloqlar sochlarini maydalab o'rib, albatta paxta pilik tugishadi
Ayollarning har tadbirda mehmonlarni alohida kutib olsihlari mintaqada odatiy hol
Ismat Rahimiyning ijod va xotira kechasi yosh o'quvchilarga bir umrlik taassurot berganiga shubha yo'q