Tojikiston, kundalik hayot

Musulmonlarga xos bo'lmasa-da, oila boshlig'i farzandlari uchun G'arbdagi singari yangi yil Qorbobosini yollashi odat tusiga kirmoqda

Vodiyda izg'irin, yomg'ir bo'lsa tog' qishloqlarini nam qor qoplaydi.

Xo'jand shahar planetariysi ishlamay qolganiga ancha bo'lgan.

Xo'jand markaziy ko'chalarida G'arb davlatlari moliyaviy ko'magida suv quvurlari yangilanmoqda.

Tojikistonda bahor oxiri va yozning boshida hali ham sho'rolar faollari uchun o'rnatilgan yodgorlik poyida o'quvchilar faxriy qorovullikda turishadi.

Tojikiston tog' do'lanasi.

Tojik maktabida o'qiyotgan talaba beixtiyor o'zbek tilida yozib qo'ydi.

Shaharlik maktab o'quvchilari tozalik kunlarida ko'chalardan bur uyum chiqindi yig'ishdi.

Qishloq ko'chalari.

Tojikistonda daryolar serob bo'lsa-da, qishloq ariqlari suvsiz qoladigan kunlar ko'p.

Chegaralar qanchalik mustahkamlanmasin Mirzacho'lning qishki qovunlari Xo'jand bozorlarida osilaveradi.

Yig'im-terim tugagan, Rossiyada ham mavsumiy ish tugagach, ba'zilar to'y berishadi.

Ba'zi qishloqlar mana shunday tog' etagi suv yo'llarida joylashgani uchun yashash uchun xavfli bo'ladi.

Tojikistonning shimoliy Asht nohiyasidagi Shivar qishloq maktabi.