Xitoy Tibetda targ’ibot kampaniyasini kuchaytirgan

  • Amerika Ovozi

Tarmo monastiri yaqinidagi Xitoy harbiy mashinalari

Xorijda yashovchi tibetliklarga ko’ra, Xitoy hukumati Driru mintaqasida qayta ta’lim kampaniyasini kuchaytirgan. Bu tashabbus doirasida kamida uchta ibodatxona yopilgan, Tibet muxtoriyatidan tashqarida tahsil olayotganlardan esa uyga qaytishni talab qilgan.

Bu haqdagi ma’lumot chetda yashovchi faollar hududdan olgan maktubdan ayon bo’ldi. Ularga ko’ra, Driru yoki Xitoy tilida Biru deb ataladigan va yaqinda noroziliklar bo’lib o’tgan hududda ommaviy targ’ibot va majburiy qayta ta’lim ishlari amalga oshirilmoqda.

O’tgan oy oxirida Tibet poytaxti Lxasada uch rohib hibsga olinganidan keyin Tarmo monastiriga askarlar bostirib kirgan va u yerdagilarning telefonlari, kompyuter, kitob va eski pichoqlarini musodara qilgan.

“Amerika Ovozi” Tibet xizmati olgan fotosuratlarga ko'ra, Tarmo ibodatxonasi harbiy mashinalar bilan o’ralgan.

Drirudagi Rabten monastiridan kamida sakkiz rohib Granze mintaqasida tahsil olayotgan edi. Ularning hibsga olingani ayntilmoqda.

Drirudagi Drongna ibodatxona esa harbiylar qurshovida.

Asli drirulik Samdup hozirda Belgiyada istiqomat qiladi. Uning aytishicha, sentabrdan beri 1000 dan ziyod odam hibsga olingan.

“Agar Drirudagi vaziyat barqarorlashmasa, butun Tibet muxtoriyatidagi ahvol keskinlashadi, degan xavotirda ular”, - deydi faol Xitoy rasmiylari haqida.

Avgust oyida Tibet muxrotiyati hukumati Driruda maxsus targ’ibot kampaniyaisni boshlagan edi. Uning doirasida mahalliy aholidan uylar tomiga Xitoy bayrog’ini o’rnatish talab qilindi. Ammo kamida ikki qishloqda odamlar bayroqlarni daryoga uloqtirgan. O’shandan buyon namoyishlar, hibsga olish va hatto otishma bo’lgani haqida ma’lumotlar bor. Drirudagi vaziyat tarangligicha qolmoqda.

Tarmo monastiri yaqinida harbiy mashinalar. "Amerika ovozi"ning Tibet xizmati surati.

O’tgan oyda AQSh Kongressining Xitoy bo’yicha maxsus komissiyasi chiqargan hisobotda Tibet muxtoriyatida vaziyat jiddiy deya xavotir bildiriladi. yondashayotgani aytiladi.