Xitoy hukumatidan norozi yana bir tibetlik o’ziga o’t qo’ygan. Rebkong viloyatida guvohlarning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, 44 yoshli Sonam Dargyal bugun ertalab o’zini yoqib yuborgan.
Hafta boshida Sichuan viloyatida bir buddist ham shu tariqa joniga qasd qilgan edi. O’tgan bir yil ichida kamida 28 tibetlik, jumladan rohiblar, ayollar va yoshlar shunday qildi.
Bu insonlar va ularning elatdoshlari Xitoyni tinimsiz siyosiy va madaniy bosimda ayblaydi.
Markaziy hukumat bizning tilimiz, dinimiy va millatimizga qarshi kurash olib bormoqda, bizni xitoylashtirib, tibet xalqini butkul yo’q qilib yubormoqchi, deydi ular.
O’ziga o’t qo’yish va Xitoyga qarshi bosh ko’tarishga tibetliklarni surgundagi rahnamosi Dalay Lama undamoqda, deydi Pekin rasmiylari.
Hindistonda yashaygan Dalay Lama esa tibet xalqining maqsadi tinchlik, ular o’zligini saqlab qolishni istaydi xolos, deydi.