Bugun, asosan, kurdlar yashovchi Diyorbakir shahrida yuz minglab aholi Navro'z maydoniga yig'ildi. Ular Navro'z bayramini nishonlash bilan birga, minglab fuqarolar hayotiga zomin bo'lgan qonli isyonni tugatishga qaratilgan Turkiya va kurd isyonchilari o'rtasida erishilgan tarixiy sulhga guvoh bo'ldi.
Maydonda bugun Kurdiston ishchilar partiyasining (PKK) hibsdagi yetakchisi Abdulla O'jalonning kurd isyonchilarini qurol tashlashga chaqiruvchi bayonoti o'qildi. Unda har ikki tomon bir-biriga qarshi urush harakatlarini to'xtatishi e'lon qilingan. O'jalon isyonchilarni qurolini tashlab, tinch va demokratik yo'l bilan yangi kelajak sari qadam tashlashga chaqirgan.
Kurdiston ishchilar partiyasi va Turkiya hukumati o’rtasida tinchlik muzokaralarining muvaffaqaytli o'tishi ehtimoli har qachongidan yuqori. Kurd isyonchilari yaqinda garovga olingan sakkiz nafar turkni ozod qilib, muzokaraga tayyor ekanini namoyish etdi.
O'tgan hafta sakkiz turk fuqarosining Kurdiston ishchilar partiyasi tomonidan ozod etilishi Turkiyaning bir gazetasida markaziy hukumat hamda kurd isyonchilari o’rtasidagi chuqur va davomli mojaroni hal etishga qaratilgan “urinishlarning birinchi mahsuli” deya ta’riflandi.
Bog’chashahar universitetidan siyosiy tahlilchi Chingiz Aktar buning ahamiyatini shunday tushuntiradi:
“Kurd jangarilari tomonidan ijobiy qadam bu. Jamoatchilik ham, hukumat ham uni olqishladi. Bundan keyin boshqa ijobiy o’zgarishlar bo’lishiga ham umid bor”.
O’tgan oktabrda bosh vazir Rajab Toyyib Erdog’an Abdulla O’jalon bilan muzokaralarga rozi bo’lib, misli ko’rilmagan qaror qabul qilgan. Aksariyat turklarning O’jalonga munosabati salbiy ekani bois kuzatuvchilar bu bilan Erdog’an o’z siyosiy obro’sini xavf ostiga qo’yadi, deb fikr bildirdi.
PKK 1984-yilda Kurdiston muxtoriyati uchun qurolli kurash boshlaganidan buyon 40 mingdan ziyod odam nobud bo’lgan. Yevropa Ittifoqi va AQSh partiyani terrorchi tashkilotlar ro’yxatiga kiritgan.
Kurdlarni qo’llab-quvvatlovchi Tinchlik va demokratiya partiyasi yetakchilaridan biri Gultan Kisanak Navro’z bayrami cho’gida tinchlik sari yana bir qadam qo’yilishi mumkin, deydi:
“Jamoatchilik sulhni anglatuvchi mo’jiza kutmoqda. O’jalon Navro’z bayrami kuni otishmani to’xtatishga da’vat etsa, bu katta ahamiyatga ega hodisa bo’ladi”.
Kisanak fikricha, hukumat O’jalon bilan uchrashuvlarni rasman tinchlik muzokaralari deb atashi kerak. Biroq bosh vazir Erdog’an Kurdiston ishchilar partiyasi Turkiyadan 3000 jangarisini olib chiqib qurolsizlantirmaguncha, tinchlik muzokarasini boshlashdan bosh tortmoqda.
“Milliyet” gazetasi siyosiy sharhlovchisi Qadri Gursel PKK rahbariyatidan bir tomonlama harakat kutish xato bo’ladi, deydi.
“PKKga qarashli qurollangan guruhlarning Turkiya hududidan olib chiqilishi yoki qurolsizlantirilishi strategik ahamiyatga ega qadam, mojaroning siyosiy yechimidagi asosiy omil. Hukumat aniq kafolatlar bermay turib yoki kurdlar masalasini hal etish mexanizmini taklif etmay turib, PKKdan bunday qadam kutolmaydi”.
PKK hukumat bilan savdolashish uchun qulay pozitsiyaga ega. Gap shundaki, Erdog’an Turkiyani parlament respublikasidan prezident vakolatlari kuchli davlatga o’zgartirib, kelasi yilgi prezident saylovlarida ishtirok etish niyatida. Ammo konstitutsiyaga o’zgartish kiritish uchun u parlamentdagi yana bir partiya xayrixohligiga muhtoj. Ammo hukmron partiyadan boshqa hech biri Erdo’ganning rejasini qo’llamayapti.
Tinchlik va demokratiya partiyasidan Kisanak “biz masala muhokamasiga tayyormiz” deydi:
“Biz kuchli parlament tizimi tarafdorimiz. Ammo prezidentlik sistemasini muhokama qilishga ham tayyormiz. Dunyoda prezident tizimi hukmron haqiqiy demokratik davlatlar oz emas”.
Chuqur ildiz otgan mojaroni hal etishga qaratilgan urinishlar shu paytgacha natija bermagan. Ammo bu safar ham kurdlar, ham turklar orasida tinchlik muzokaralari boshlansin deganlar anchagina.
http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1625925&w=640&h=506&skin=embeded