Bugun Suriya poytaxti Damashq yaqinida ro’y bergan portlashda 16 kishi halok bo’ldi. Hukumat isyonchilarni “Skad” rusumidagi raketalar bilan nishonga ola boshlagan.
Sal avval Turkiya o’zini qo’shni davlat hujumlaridan mudofaa etish uchun NATOdan yordam so’ragan edi. So’nggi ma’lumotlar harbiy blokni shoshilinch chora ko’rishga undashi mumkin.
Suriya armiyasi muxolifatga qarshi ballistik raketalar qo’llay boshlagani qariyb ikki yildan beri davom etayotgan mojaroda burilish nuqtasi deb ko’rilmoqda.
Anqaraning xavotiri shu ediki, Bashar al-Assad ma’muriyati Rossiya ta’minlagan raketalarni Turkiyaga yog’dirishi mumkin. Bu davlat yuzlab ming qochqinlarga boshpana bergan, shuningdek, isyonchilarga madad ko’rsatib keladi.
Harbiy tahlilchi Ben Gudladning aytishicha, Suriya 800 kilometr masofaga ucha oladigan 550 “Skad” raketasiga ega.
O’tgan hafta NATO davlatlari Turkiya janubi-sharqida “Patriot” rusumidagi mudofaa sistemalarini o’rnatish haqida kelishib oldi. Ular Germaniya va Niderlandiyadan olib kelinadi.
AQSh bu operatsiyada qay darajada ishtirok etayotgani hozircha noma’lum. Obama ma’muriyati yaqin kunlarda buni e’lon qiladi.
NATO rasmiylariga ko’ra, raketalarni Turkiyaga yetkazish xarajatlarini ularni yuborayotgan tomonlar qoplaydi. Sistemani boshqarish uchun safarbar etiladigan yuzlab xorijiy askarlarni uy-joy bilan ta’minlash esa Anqara bo’ynida.
NATO mutaxassislari yaqinda Turkiya janubi-sharqida bo’lib, raketalar joylashtiriladigan hududlarni belgilab olgan.
Tahlilchi Ben Gudlad fikricha, ularning bir qismi Suriya chegarasidan 100 kilometr naridagi yirik shahar Diyorbakirda o’rnatilishi turgan gap.
“Patriot” mudofaa sistemasi 20 kilometr uzoqlikdagi raketalarni, shuningdek, dushman samolyotlarini urib tushirishga mo’ljallangan. NATO harakatlari Rossiya tomonidan agressiv deb ko’rilmasligi uchun, deydi suhbatdosh, vositalar chegarada emas balki Turkiya hududida, ichkariroqda joylashtiriladi.
Bu orada, Rossiya Bashar al-Assad ma’muriyati tobora kattaroq hududlar ustidan nazoratni boy berayotganini ilk bor tan oldi.
“Urush muxolifat g’alabasi bilan tugashi ehtimoldan xoli emas”, - deydi Rossiya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Mixail Bogdanov.
Rossiya Suriyaning eng yaqin ittifoqchisi bo’lib, chet davlatlar mojaroga aralashmasin deb keladi.
Your browser doesn’t support HTML5