Turkmaniston va Afg’oniston gaz quvuri haqida gaplashmoqda

  • Amerika Ovozi

Turkmaniston va Afg’oniston mintaqada tabiiy gaz quvuri yotqizish loyihasiga qaytmoqda.

Ikki davlat rahbarlari Qurbonguli Berdimuhammedov va Hamid Karzay bu haqda kelasi oy Nyu-Yorkda, BMT Bosh Assambleyasi sammiti doirasida gaplashishga kelishib olgan.

Turkmaniston delegatsiyasi kelasi hafta Kobulga borib, Turkmaniston, Afg’oniston, Pokiston va Hindistonni bog’lovchi bu quvur tafsilotlarini muhokama qiladi.

Loyiha haqida 15 yildan beri so’z boradi. Osiyo Taraqqiyot Banki uning ijrosida qatnashish niyatida, biroq bir necha milliard dollarlik bu quvur uchun qo’shimcha mablag’ topish – murakkab masala.

1700 kilometrlik tarmoq Hilmand va Qandahordan o’tishi kerak, biroq notinch viloyatlar xorij sarmoyadorlari shashtini pasaytirmoqda.