BMT rahbari Muborak ma’muriyati va xalqni qon to’kmaslikka undadi

  • Amerika Ovozi

Pan Gi Mun Misrda hukumat eski qarashlaridan voz kechishi, xalq istagiga quloq solishi kerak, deydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun Misr hukumati va muxolifatni qon to’kmaslikka, o’zaro hurmat asosida ish tutishga chaqirmoqda.

“Zo’ravonlikka berilmang”, - deydi Pan Gi Mun. “Matbuot va so’z erkinligi ta’minlansin”.

BMT hisobicha, Misrdagi namoyishlarda shu paytgacha taxminan 300 kishi o'lgan

BMT rahbari Misr hukumatini fuqarolar xohish-istagiga quloq tutishga undadi. Mamlakatda siyosiy vaziyat o‘zgarishi, hukumat eski qarashlaridan voz kechishi kerak, deydi Pan Gi Mun.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti yordamni ayamaydi”, -deydi u.

Pan Gi Mun ta’rificha, Husni Muborak ma’muriyati Yaqin Sharq tinchligi, taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi.

“Misr farovonligi bugun region tinchligi bilan bevosita bog’liq”, - deydi u.