Afg’oniston, AQSh og’riqli masala, tungi reydlar haqida kelishdi

  • Amerika Ovozi

AQSh kuchlari Afg'oniston armiyasi bilan hamkorlikda tungi reydlarni amalga oshirib keladi

Afg’oniston hukumatining bildirishicha, AQSh bilan erishilgan bitimga ko’ra mahalliy rasmiylar tungi reydlarga veto qo’yishi mumkin. Bu amaliyotlar oraga sovuqlik olib kirayotgan omillardan.

Afg’oniston Mudofaa vaziri Abdul Rahim Vardak va AQSh qo’mondoni, general Jon Allen bugun imzolagan hujjatga muvofiq reydlar endi afg’on armiyasi boshchiligida o’tadi; xorij kuchlari faqat ko’maklashishi mumkin.

Afg'on ayollari va bolalari oilaning erkak a'zolari haqida savolga tutilmoqda

Operatsiyadan oldin, albatta, afg’on mutasaddilaridan ruxsat olinadi.

NATO bazasida Qur’on nusxalari yoqilgani haqidagi gaplar, amerikalik askar 17 afg’onni o’ldirgani haqidagi so’nggi xabarlar xorij qo’shinlariga qarshi kayfiyatni avj oldirmoqda.

Qo’shma Shtatlar kelasi oy Afg’oniston bilan strategik hamkorlikka doir bitim imzolash umidida.

Hujjat 2014-yilda xalqaro koalitsiya ketgach, Vashington-Kobul aloqalari qanday kechishini belgilaydi.