Qo’shma Shtatlar olis manzillarda terroristlarni yo’q qilish uchun pilotsiz samolyotlardan foydalanishda davom etadi. Terrorichilarni qirishning eng xavfsiz usuli shu, deydi prezident Barak Obama.
AQSh olis o’lkalarda pilotsiz vositalarni qo’llashi ko’pdan beri munozara uyg’otib keladi. Obamaning aytishicha, ular qonuniy va dushmanga qarshi effektiv qurol.
“Bu samolyotlar yordamida al-Qoidaning o’nlab qo’mondonlari, murabbiylari va bomba yasaydigan mutaxassislarini yo’q qilganmiz. Natijada xalqaro aviatsiya, AQSh tranzit tizimi, Yevropa shaharlari va Afg’onistondagi askarlarimizga qarshi hujumlarning oldi olindi. Odamlar hayoti saqlab qolindi”, - deydi prezident.
Obama begunoh odamlar o’limidan afsusda. Yangi tartib-qoidalarga ko’ra, pilotsiz vositalar eng so’nggi chora sifatida qo’llanadi.
“Nazoratni oshiramiz. Havo hujumlarini amalga oshirishdan oldin ishonch hosil qilaylik, toki begunoh odamlarga ziyon yetmasin”, - deydi AQSh rahbari.
Obamaning so’zlari shundan dalolatki, AQSh bu dahshatli quroldan voz kechmaydi. Qaytaga, yangilari ustida ish ketmoqda.
Dengiz kuchlari yaqinda X-47B rusumidagi yangi robot-samolyotni sinovdan o’tkazdi. Ular yirik kemalarga ortiladi va oldindan programmalashtirilgan missiyalarni bajaradi. Qulayligi shundaki, operatsiyani amalga oshirishda boshqa mamlakatlarning hududlaridan foydalanishga hojat qolmaydi.
X-47B - bombardimonchi reaktiv samolyotdek gap. Ekspertlar fikricha, uchuvchisiz mashinalar bundan buyon ko’payaveradi.
Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazidan tahlilchi Jeyms Luis:
“Shunday zamonlar kelayaptiki, jang maydoniga yuborilgan samolyot kabinasida uchuvchi o’tirishi shart emas. U minglab kilometr uzoqda o’tirgan operator tomonidan boshqariladi. Uzoq masofaga ucha oladigan va o’zi mustaqil qarorlar qabul qiladigan mashinalar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda”.
Vazifani pilotsiz samolyotlar bajara olsa, askarlar hayotini xavf ostiga qo’yishga ham hojat yo’q. So’rovlardan bilamizki, amerikaliklarning Iroq va Afg’onistondagi urushlardan tinkasi qurigan. Olisdagi mo’ljalni ura oladigan mashinalarga tayanish siyosiy jihatdan qulay va arzon.
Your browser doesn’t support HTML5