AQShda tug’iladigan bolalarning qariyb bir foiziga autizm diagnozi qo’yiladi. Autizm asab tizimi kasalligi bo’lib, unda bola boshqalar bilan muloqot qilishda qiynaladi va tengdoshlariga qaraganda sekinroq rivojlanadi.
Kasallik sabablari oxirigacha o‘rganilmagan. Ayrim tadqiqotlar natijasida onaning tug’ruq paytidagi yoshi, chaqaloqning muddatdan oldin tug’ilganligi va boshqa omillar autizmga sabab bo’lishi aniqlangan.
Dyuk (Duke) universitetidan olim Saymon Gregori hamkasblari bilan birgalikda yaqinda o’tkazgan yana bir izlanish masalaga oydinlik kiritdi. Dard tutganida onaga tug’ruqni tezlashtirish uchun dori berilsa bolaning autizm bilan tug’ilishi ehtimoli oshadi, deydi bu olimlar.
Ular Shimoliy Karolina shtatida tug’ilgan 600 ming bolani o’rganib chiqdi. Saymon Gregori:
“Juda ko’p bola tug’ilgan, ularning anchaginasida autizm aniqlangan. Shu bois biz nafaqat an’anaviy tahdidlarni o’rgandik, balki tug’ruqni osonlashtiradigan tibbiy preparatlarning ta’siri bo’lganmi, degan savolga javob izladik”.
Tug’ruqni tezlashtirish uchun berilgan preparatlar haqiqatan ham bolaning autist bo’lishiga hissa qo’shgani aniqlangan. Lekin buning aniq sabablari noma’lumligicha qolmoqda. Bu oksitosin gormoniga bog’liq bo’lishi mumkin, deydi olim. Homilador ayollarga dard paytida aynan shu modda berilgan. U odamning muloqot qilish qobiliyatiga ta’sir qiladi.
Izlanish natijasida, shuningdek, dardni osonlashtirish uchun berilgan preparat o’g’il bolalarga ko’proq ta’sir qilgani aniqlangan.
“Tug’ruqning osonlashtirilishi va tezlashtirilishi natijasida tug’ilgan o’g’il bolalarda qizlarga qaraganda ko’proq hollarda autizm tashxis etilgan. Tadqiqotimizning eng qiziq natijalaridan biri bu”,- deydi Gregori.
Darhaqiqat, autizmga o’g’il bolalar qizlarga qaraganda ko’proq chalinadi.
Izlanish natijalariga qaramay, dardda qiynalayotgan juvonlar shifokor taklif etgan dorini rad etmasin, deydi Saymon Gregori.
“Akusher-ginekolog bunday preparatlarni jiddiy sabablar bo’lsagina tavsiya qiladi, masalan, ona yoki bola hayoti xavf ostida bo’lsa. Bu holda autizm xavfi biroz oshganidan cho’chimang”,- deydi olim.
Your browser doesn’t support HTML5