Potomak daryosidagi bayram manzarasi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Daryodagi bayramona yasatilgan qayiqlar

Atrofda bayram kayfiyati. Yangi yilga tayyorgarlik. Jimjimador rangli chiroqlar xonadon, daraxtlar va mahallalarni bezaydi. Virjiniya shtatidamiz.

Your browser doesn’t support HTML5

Bayram mavsumidagi Chiroqlar paradi

Rojdestvoga yaqin qoldi. Qayiqlar gala-gala mehmonlarni kutib olishga tayyorgarlik ko’rmoqda.

Potomak daryosida qayiq suzish boshlanibdiki, har yili bayram mavsumida Chiroqlar paradi o’tadi.

Mavsumiy qayiqchilarning kelib-ketishi 20 yildirki an’anaga aylangan. Qahratonda ham ular paradga chiqishni kanda qilmaydi.

Sehrli oqshomlardan biri, havo ochiq, harorat noldan yuqori.

“Qayiqqa chiqqanlar o’yin-kulguni, dengizga chiqishni, umuman qayiqda bayram qilishni yoqtirishadi”

Yuzlab tomoshabin tantanalarni sohildan yoki qirg’oqdagi restoranlardan turib kuzatishadi.

“O’zimiz ham shu maqsadda tashqariga chiroqlar qo’yib uyimizni yasatamiz, bayram nafasini ulashishni istaymiz”, - deydi Ralf Vallas, paradga kelganlardan biri.

“Hammasi tekin. Suv bo’yiga kelib maroq bilan yasatilgan qayiqlarni tomosha qilish mumkin. Bir tiyin to’lamaysiz. Bolalar ham taassurotlarini uzoq eslab yurishadi”, - deydi Bill Gard.

Keyt Xarmon - qayiqchi. U o’n yillardan beri shu paradni tomosha qiladi. Bu gal u birinchi marta o’z qayig’i bilan paradda qatnashadi.

“Bayramlar mavsumi zavqlanadigan, Rojdestvo ruhiyati, hayotni kuylaydigan payt. Tomosha qilish boshqa, tomoshalarda ishtirok etish boshqa”, - deydi Keyt.

Vaqt o’tishi bilan Rojdestvoni qanday nishonlash o’zgarib bormoqda.

“Bayramingiz bilan! Amerikaliklar, butun dunyodagilarga bayramingiz qutlug’ bo’lsin deymiz. Boringizga shukr. Bayram hammamiz uchun”, - deydi Ralf Vallas.

Potomak daryosidagi bayram qayiqlari har yili dekabrning birinchi shanbasida o’z mavsumini boshlaydi. Hali borib ulgurmaganlar uchun ayni muddao.