AQShning sakkiz nafar respublikachi va demokrat senatoridan tarkib topgan qonunchilar guruhi mukammal immigratsiya islohotini ko’zlaydigan qonun loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat mamlakatda noqonuniy maqomda yashayotgan 11 million odamga kelajakda Amerika fuqaroligini olish huquqini beradi. Ayni vaqtda Meksika bilan chegarada xavfsizlik choralari kuchaytirilib, qonuniy immigratsiya jarayonini tezlatish uchun zamonaviy viza tizimi joriy etiladi.
Nasil-nasabi kubalik senator Marko Rubio immigratsiyaga doir qonun loyihasini olqishlab, u millionlab noqonuniy immigrantlarga yangi hayot boshlash imkonini beradi, deb aytdi.
“Birinchi navbatda bu bizga qonuniy immigratsiya tizimini zamonaviylashtirish imkonini beradi. Dunyodagi eng iqtidorli odamlarni jalb etib, mamlakatdagilarga shu yerda qolishga yordam beradi,” dedi u.
Rubio masalaning ko’rib chiqilishi va ikki partiyaning murosaga erishishida asosiy rol o’ynagan arboblardan.
Loyihaga ko’ra, noqonuniy muhojirlar jarima va Amerikada yashagan davr uchun barcha soliqlarni to’lashi, ingliz tilini o’rganishi kerak, shunda 13 yildan keyin fuqaro maqomini olish huquqiga ega bo’ladi.
Qonunchilar uzoq kelajakda doimiy yashash huquqini oilaviy ravishda emas, arizachining ma’lumoti, ish tajribasi va boshqa malakalariga qarab alohida berishni ko’zda tutadi.
Demokratlardan Senat a’zosi Charlz Shumer hozirgi qonunlar AQSh iqtisodi uchun zararli ekanini aytdi:
“Minglab ish joylari yarata oladigan ayrim odamlarni Amerikaga kiritmay, boshqalarning chegaradan noqonuniy ravishda o’tib, ishga o’rnashishiga imkon yaratyapmiz”.
Biroq yangi qonun loyihasiga qarshi chiqayotganlar ham yo’q emas. Masalan, Kongressga Pensilvaniya shtatidan a’zo, respublikachi Lu Barletta.
“Immigratsiya qonunlari ikki maqsadni ko’zlaydi: milliy xavfsizlikni kafolatlash va Amerikada ish o’rinlarini himoya qilishni. Senatdagi “sakkizlik”ning taklifi har ikkala tamoyilga ziddir. 22 million amerikalik ish topolmay yurgan bir paytda bu guruh muhojirlarga ish bermoqchi, chegaralarimizni zaiflashtirmoqchi,” dedi u.
Butun mamlakatdan yig’ilgan yosh immigrantlarning katta guruhi Vashingtonda, Kapitoliy oldida namoyish uyushtirdi. Ular mukammal immigratsiya islohotiga tayyor ekanini aytadi. Stiven Kruz ulardan biri, Kaliforniyadan kelgan.
“Men Amerikada tug’ilganman, lekin ota-onam muhojir. Ayrim qarindoshlarim deportatsiya qilingan. Bu masala men uchun juda muhim”.
Kelasi oylarda qonun loyihasi atrofida qizg’in munozaralar bo’lishi kutilmoqda.