AQShda ishlab chiqarilgan va jami 100 million dollarga teng kompyuter programmalarini noqonuniy sotganlikda ayblanayotgan Xitoy fuqarosi aybini bo’yniga oldi. AQSh rasmiylariga ko’ra, bu ish mualliflik huquqi poymol etilgan jinoiy ishlar orasida eng yirigi.
AQSh rasmiylarining bildirishicha, Xitoyning Cnengdu shahrida yashovchi 36 yoshli Sian Li o’g’irlangan kompyuter programmalarini sotish uchun maxsus veb saytdan foydalangan.
Veb saytda (www.Crack99.com) minglab programmalar nomi va narxi ko’rsatilgan bo’lib, ular AQSh va yana 60 mamlakatdagi xaridorlarga pullangan.
“Bu uyushgan jinoyatchilikning yaxshi bir misoli. Xakerlar AQShda ishlab chiqarilgan programmalarni o’g’irlaydi, kod va parollarini buzadi, keyin Li kabi jinoyatchilarga sotadi. Bu jarayonda ish joylari, innovatsiya va nozik texnologiya borasida amerikaliklarga katta ziyon yetadi. Ya’ni, bu mamlakatimiz uchun jiddiy xavf,” – deydi AQSh Immigratsiya va bojxona agentligi direktori Jon Morton.
Rasmiylarning bildirishicha, Li kamida 500 ta programmani 325 nafar xaridorga bozor narxidan ancha arzonga sotgan.
O’g’irlangan dasturlar aslida 200 ta Amerika kompaniyasiga tegishli bo’lib, mudofaa sohasidan tortib muhandislik, fazo tadqiqotlari va ishlab chiqarish kabi sohalarda qo’llaniladi. Aksariyati - narxi 100 ming dollardan ko’p bo’lgan va iste’molchiga yaxshi tanish programmalar.
Ularning uchdan bir qismi AQShda noqonuniy yo’llar bilan sotib olingan. Xaridorlar – kichik biznes sohiblari, hukumat kontraktorlari, talabalar va muhandislar. Hatto ayrimlari - AQSh hukumati bilan yirik kontrakt tuzgan va hamkorlik qilgan shirkatlar.
Masalan, Kosburn Veddenburn ismli injener Lidan 1,2 million dollar evaziga programma sotib olgan va uni NASA fazo tadqiqotlari agentligiga qarashli Goddard fazo parvozlari markazida ishlatgan.
Veddenburn mualliflik huquqlarini buzganlik aybi bilan qo’lga olindi va aybiga iqror bo’ldi. Ish sudga oshirilgan.
“Murakkab texnologiya va programmalarni ishlab chiqarish mualliflar huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq. Innovatsiya sohasida hamma qonunga bo’ysunishi kerak. Amerika kompaniyalari millionlab dollar sarflab, yangi mahsulot ishlab chiqsa-yu, boshqalar uni o’g’irlab, pullasa, bu nima degan gap?!” – deydi Immigratsiya va bojxona agentligi direktori Jon Morton.
AQSh qonunlarini buzgan chet ellik jinoyatchini javobgarlikka tortish ancha mushkul jarayon. Lini hibsga olish ham oson bo’lmagan.
2010-2011-yillarda AQSh Ichki ishlar vazirligining maxfiy xodimi o’zini amerikalik tadbirkor deb tanishtirib, Liga qarashli veb saytdan noqonuniy programma sotib oladi.
2011-yilda Li Tinch okeanidagi Saypan oroliga borib, programmani “tadbirkor”ga topshirishga rozi bo’ladi. Orol AQShga tegishli bo’lgani sababli, AQSh huquq-tartibot organlari Lini u yerda hibsga oladi va mamlakat sharqidagi hibsxonaga olib keladi.
Avvalida Liga 40 ta jinoyat sodir etganlik ayblari qo’yilgan edi, so’ngra u mualliflik huquqlarini buzish va internet orqali firibgarlik ayblariga iqror bo’ldi.
Li 25 yilga ozodlikdan mahrum etiishi va 250 ming dollarlik jarimaga tortilishi mumkin. Sudning 3-may kuni hukm chiqarishi kutilmoqda.