AQShda yangi hayot boshlagan suriyalik qochqin

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Amerikada qo'nim topgan suriyalik

Suriyada urushning beshinchi yili… Shu kungacha 300 mingdan ziyod odam nobud bo’ldi. Mamlakatni tark etgan 4 million qochqindan bor-yo’g’I bir yarim ming nafari AQShda qo’nim topdi. Prezident Barak Obama kelasi yilda 10 ming qochqin qabul qilinishini va’da qildi.

Pensilvaniya shtatining Lankaster shahridamiz. Farhan, 50 yoshli qochqin, Suriyada tijorat bilan shug’ullangan ekan. Urush hayotini barbod qilgan. Endi u faqatgina chekayotgan paytida jilmayadi, dardi og’ir.

“Mamlakatimdagi vaziyat kundan kunga yomonlashdi. Men boshim oqqan tomonga ketaman, qabul qilsalar bo’ldi, dedim,” - hikoay qiladi u.

BMT qochqinlar agentligi va Dunyo cherkovlari xizmati yordamida Farhan

“O’rganadigan narsa ko’p. Yangi qonunlarni tushunish, Amerikada biznes yuritishni o’rganish kerak. Bularning bari men uchun yangi”.

Farhanga bu yerda qo’nim topishda yordamlashgan Dunyo cherkovlari xizmatining Lankasterdagi idorasida 23 kishi ishlaydi. Qochqinlarga yangi joyda o’rnashish, ish topish va immigratsiya masalalarida yordamlashadi. Tashkilot xodimi Amir Alfayad qochqinlar bilan doim muloqotda.

“Ularni aeroportda kutib olib, uyiga olib boraman. Birinchi kecha ular yaxshi joylashganini tekshiraman, tibbiy yordam kerakmi, yangi uyida barcha qulayliklar bormi, shularni ta’minlayman. Ertasiga yana ularni borib ko’raman. Barcha hujjatlarini qo’liga olishida yordamlashish uchun ishni boshlab yuborgan bo’laman. Jamoadan yordam olishda ham ko’maklashaman,” - deydi Alfayad.

Farhan ishlaydi. Har kuni soat kechki 4 dan yarim kechagacha stanoklarni tozalash bilan band. Musulmon bo’lsa-da, xristian tashkilotidan yordam olganidan or qilmaydi, aksincha, minnatdor.

“Dinimiz qanday bo’lmasin, barimiz insonmiz. Bu insonparvarlik masalasi, ular bizga insondek yondashyapti,” - deydi Farhan.

Qochqinlar mamlakatda bir yil yashaganidan keyin “Green Card” – AQShda yashash va ishlash huquqini beradigan guvohnomaga ariza topshirishi kerak. Ammo Farhan urush tugaganida Suriyaga qaytishni orzu qiladi. Shuningdek, u boshqa qochqinlar ham yordam olsin, deydi. Xalqi sarson ekan, bu muhojirning butun xayoli vatanda.