“Yangi O’zbekiston o’zining eski qiyofasini namoyon etmoqda”, “O’zbekistonda siyosiy repressiyalarga rasman ruxsat berildi”, “O’zbekiston Islom Karimov diktaturasiga qaytmoqda...” - “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi lideri Xidirnazar Olloqulovga nisbatan qilingan muomala ijtimoiy tarmoqlarda ana shunday fikrlar ila aks-sado bermoqda.
Professor Olloqulov 26-fevralda, partiya qurultoyi o’tishi kerak bo’lgan kun hibsga olingan, Andijon viloyatiga olib ketilgan va Buloqboshi tumani ichki ishlar boshqarmasida so’roq qilingan. Hozirda qo’yib yuborilgani xabar qilinmoqda.
Buni ham ko'ring Olloqulov partiya qurultoyini o’tkaza olmadi, uyi qurshovdaHibsga Andijon viloyatidan partiyaga qo’shilish bo’yicha berilgan bir imzo soxtalashtirilgani, Olloqulov guvohlikka chaqirilgani sabab qilib ko’rsatilmoqda.
Shunday bo’lgan taqdirda ham, bu partiya liderini Milliy gvardiya yordamida xavfli jinoyatchi kabi poytaxtdan viloyatga bosib olib ketish uchun asos emasdek.
26-fevral kuni poytaxtdagi “Oqsaroy koshonasi” to’yxonasi oldida qurultoy o’tkazishga yig’ilgan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi tarafdorlari Olloqulovning olib ketilgani ortidan qurultoyni o’tkazmasdan tarqashgan.
Xidirnazar Olloqulovning kuch bilan Andijonga olib ketilgani ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy aks-sado berdi. Bu siyosiy buyurtma ekanligi, iqtidordagi hukumat siyosiy muxolifatga qarshi tazyiqlarni yangi bosqichga ko’targani, shuningdek, mamlakatda nisbiy uyg’onish davri yakunlangani haqidagi mulohazalarni uchratish mumkin.
O’zbekistonda oktabr oyida prezidentlik saylovlari o’tishi kerak. Ammo saylov kampaniyasi boshlanmasdanoq hukumat ehtimoliy raqobatchilardan xoli bo‘layotganga o’xshaydi.
Har holda hibsga olingan Xidirnazar Olloqulov avvalroq “Amerika Ovozi”ga bergan intervyusida saylovda qatnashish qarorida qat’iy ekanligini aytgan edi:
Your browser doesn’t support HTML5