O'zbekiston bosh diplomati Abdulaziz Komilovning aytishicha, Rossiya boshchiligidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi tashkilotiga qaytish haqida hech qanday gap yo'q. Respublika harbiy bloklarga a'zo bo'lmaydi. Islom Karimov prezidentligi davrida qabul qilingan bu siyosat amalda qoladi.
O'zbekiston 1992-yilda asos solingan bu tashkilotdan 1999-2006 yillar orasida chiqqan, keyin yana qo'shilgan va 2012-yilda uni butunlay tark etgan.
Rossiya - strategik hamkor, biroq uning yetakchiligidagi xavfsizlik ittifoqiga qayta kirish Toshkent uchun maqsad emasligi aytilmoqda.
Bu masala muhokamada emas, dedi Komilov 5-iyul kuni Toshkentda o'tgan forumda, kelajakda ham ko'rib chiqish rejada emas.
Rossiya uchun bu blok hamda 2015-yilda tuzilgan Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi sobiq ittifoq hududida o'z ta'sirini saqlab qolish va nufuzini oshirish imkoniyatini beradi. Markaziy Osiyo Kreml uchun o'ta strategik ahamiyatga ega mintaqadir va Moskva har bir davlat bilan yaqindan ishlash harakatida.
Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi tashkilotiga a'zo. Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga esa mintaqadan faqat Qozog'iston va Qirg'iziston kirgan.