Xitoy hukumati “kasbiy tayyorlov markazi”, huquq himoyachilari va uyg‘ur faollari esa “konslager” deya nomlovchi maskanlardan birida 34 yoshli uyg‘ur ziyolisi Akram Mamat qiynoqlar qurboni bo‘lgani aytilmoqda. Uning 2019-yilda lagerda vafot etgani haqida yaqinda ma'lum bo'ldi.
Xitoy hukumati “kasbiy tayyorlov markazi”, huquq himoyachilari va uyg‘ur faollari esa “konslager” yoki “jazo lageri” deya nomlovchi maskanlardan birida 34 yoshli uyg‘ur ziyolisi Akram Mamat qiynoqlar qurboni bo‘lgani aytilmoqda.
Turkiyada Izmir viloyatiing Urla tumanida "O‘zbek" deb ataluvchi qishloq bor. Qishloq aynan qachon paydo bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q, lekin nomidan ko‘rinib turibdiki, uning tarixi o‘zbeklar bilan bog‘liq.
Olimjon Sobirga ko‘ra, Turkiya oxirgi yillarda AQShning ta’sir doirasidan chiqishga urinyapti, o‘zini mintaqaviy kuch sifatida his qilyapti va bu jihatlar Anqaraning tashqi siyosatida yaqqol ko‘rinyapti.
Turkiyada jamoatchilikning tashqi siyosat haqidagi tasavvurlariga doir o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko'ra, Turkiya uchun xavf tug‘diradigan davlatlar ro‘yxatining yuqori pog’onasiga AQSh qo‘yilgan. So‘rovnoma qatnashchilari AQShni “ishonchsiz” davlat sifatida ta’riflashgan.
Karantin choralari turkiyaliklar qatori O‘zbekistondan kelgan minglab mehnat muhojirlarining hayotiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Turkiyada koronavirusga qarshi karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilyapti va bizneslar o'z faoliyatini boshlamoqda. Ammo hujjat uchun to'lov puliga qurbi yetmagani bois ko'plab o'zbekistonlik muhojirlar noqonuniy maqomga tushib qolgani aytilmoqda.
Koronavirus tarqalishi tufayli yopilgan savdo markazlari, kiyim-kechak bozorlari, sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari 11-maydan ochildi.
Koronavirus tarqalgani sababli Turkiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari yangicha sharoitda ishlashiga va yashashiga to‘g‘ri kelmoqda.
Turkiyada koronavirusga qarshi kurash doirasida joriy etilgan cheklovlar tufayli ishsiz qolganlar ko'p. Mingga yaqin mijozga kargo xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi firma rahbari Davlatjon Sodiqov ish davom etayotganini, ammo karantin paytida mijozlar soni kamayganini aytadi.
Odamlar oziq-ovqat g‘amlash uchun novvoyxonalarga va do‘konlarga yugurishdi. Oqibatda tiqilinchlar kelib chiqdi, kasallikdan himoyalanish borasidagi ijtimoiy masofa degan qoida unutildi.
10-aprel soat 24:00 dan e’tiboran Turkiyaning 31 viloyatida ikki kunlik komendantlik soati joriy etildi. Bu viloyatlar orasida Istanbul, Anqara, Izmir, Antalya kabilar bor. Kutilmagan e'lon aholi o‘rtasida sarosimaga sabab bo‘ldi.
Ba’zi manbalarga ko'ra, abru tasviriy san'atini hozirgi Turkiya hududiga buxorolik yoki samarqandlik ustalar olib kelgan.
Abru san’ati suv yuzasidagi bo‘yoqlar yordamida turli shakllar yasash orqali qog‘ozda abstrakt yoki gulsifat bezaklarni aks ettirish demakdir. Ba’zi manbalarda abruni hozirgi Turkiya hududiga buxorolik yoki samarqandlik ustalar olib kelgani qayd etilgan.
Turkiyaning turli oliygohlarida tahsil oladigan o‘zbekistonlik yoshlar videomurojaat tayyorlab, yurtdoshlarni hozirgi murakkab vaziyatda hushyorlikka chaqirdi. Shuningdek, yordam loyihasini boshladi.
Turkiyaning turli oliygohlarida tahsil oladigan o‘zbekistonlik yoshlar jamiyati tashabbus bilan chiqib, ayni payt Turkiyada qiynalib qolgan vatandoshlarga yordam qo‘lini cho‘zmoqchi. Mahalliy homiylar ularni qo‘llab-quvvatlayapti.
Advokat Ilyos Dog‘anning aytishicha, Nodira Qodirova o‘limi haqida xulosalarni tayyorlashda protsessual qonunchilik jiddiy ravishda buzilgan.
O‘zbekistonlik ikki yuz chog‘li yo‘lovchi bir necha kundirki Turkiyaning Istanbul shahridagi xalqaro aeroportida yashamoqda.
Uch million olti yuz mingdan ziyod suriyalik qochqinni qo‘shib hisoblaganda hozir Turkiyada 4 million atrofida qochqin borligi taxmin qilinadi. Bu har qanday davlat uchun katta yuk.
11-martga o'tar kechasi Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja bir bemorda yangi koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.
Ko'proq...