Qirgʻizistonda yashab ijod qiluvchi oʻn nafardan ortiq o’zbek yozuvchi, shoir va adabiyotshunos olimlari Toshkentda oʻzbekistonlik ijodkorlar davrasida bo’ldi.
“Aq jurok” krizis markazi yetakchisi Dariqa Asilbekovaning aytishicha, oilaviy zoʻravonliklar asosan mustaqillikdan keyingi avlod tomonidan amalga oshirilmoqda.
28-aprel kuni chegarada qirg'izistonliklar va tojikistonliklar o'rtasidagi toshbo'rondan boshlangan to'qnashuv otishmaga aylanib ketdi. Har ikki tomondan qurbonlar, uyi yonganlar, jarohat olganlar bo'ldi.
Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi “Kampir-Obod” suv ombori eng bahsli hududlardan biri.
Qirgʻiziston Tojikiston bilan chegaradagi vaziyatni izga solish uchun barcha zarur choralar qabul qilinayotganini bildirdi.
Bu Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi eng bahsli hududlardan biri – “Kampir-Obod” suv omborining Qirgʻiziston tomonidan koʻrinishi. “Kampirrovot” ham deb ataluvchi ushbu suv omborining umumiy maydoni – 5735 gektar. 1300 gektari Qirgʻizistonga, 449 gektari esa Oʻzbekistonga qarashli.
Xalqning noroziligi ortidan Bishkek O’zbekistonga “Kampirobod” suv ombori atrofidan yer bermaydigan bo’ldi.
“Kampirobod” suv omborining yaqinidagi yerlar Oʻzbekistonga berilmaydi. Bu haqda Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining yetakchisi Qamchibek Tashiyev bir necha kundan beri muddatsiz miting oʻtkazayotgan Oʻsh viloyatining Oʻzgan tumani aholisi bilan uchrashuv vaqtida bildirdi.
Sulaymon togʻi O'sh sharida. Togʼ choʼqqisida Bobur qurdirgan hujra bor. Togʻning etagida bir qator tarixiy obidalar, xususan XVI asrga tegishli "Raboti Abdullaxon" masjidi joylashgan.
O’sh - Qirgʻiziston janubida joylashgan. Poytaxt Bishkekdan keyin ikkinchi yirik shahar. Shaharning qoq oʻrtasidan Oqbura soyi oqib oʻtadi. Shuningdek, Sulaymon togʻi doim oʻshliklar va sayyohlarning diqqat markazida.
Bishkek va Oʻsh shaharlarida ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi namoyish boʻlib oʻtdi. Faollar “Qiz olib qochish — jinoyat”, “Militisiya meni himoya qiladimi?” kabi shiorlar bilan chiqdi.
Bishkek va O'shda Ayzada Qanatbekova ismli qizning uch erkak tomonidan o’g’irlab ketilishi ketidan yuzlab fuqarolar xotin-qizlar huquqlarining ta’minlanishini talab qilib, namoyishga chiqdi. Qiz o'lik holda topilgan.
Suhbatdoshimiz Umida Mirzaboyevaning aytishicha, jurnalistika ayollarga toʻgʻri kelmaydi degan tushuncha, shuningdek, ularga oila mas'uliyati ko'proq yuklangani sabab bu sohaga kirayotganlar ozchilik.
Qirgʻiziston jurnalistikasida ayollar safi kengayar ekan, qirgʻizistonlik oʻzbek jurnalistlari tobora kamayib bormoqda.
Qirgʻizistonda 14-fevralda Kitob sovgʻa qilish xalqaro kuni nishonlandi. Bishkek va Oʻsh shahrida oʻtgan tadbirni taʼlim sohasida faoliyat olib boruvchi bir qator tashkilotlar uyushtirdi.
Qirgʻizistonning sobiq muftiysi Maqsat Toktomushov yashab turgan hududini tark etmaslik sharti bilan ozodlikka chiqarildi.
Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida Alisher Navoiyning 580-yilligi nishonlandi. Tadbirda shahar rasmiylari, adabiyot muxlislari va o'quvchilar qatnashdi. Adabiyotshunos Saidakbar Mahsumxonovning aytishicha, bugun Qirgʻizistonda oʻzbek adabiyotini oʻrganayotganlar soni keskin kamayib bormoqda.
AQShda Kongress binosiga uyushtirilgan hujumni qirg'izistonliklar yaqindan kuzatdi. Inqiloblar tez-tez sodir bo'ladigan bu o'lka ekspertlarining fikri qanday?
Dastlabki hisoblarga koʻra muddatidan avvalgi prezidentlik saylovida Sadir Japarov 79 foiz ovoz olgan. Undan keyin Adaxan Madumarov 6,6 foiz ovoz bilan ikkinchi oʻrinda.
Ko'proq...