Palov - o’zbekning "tashrif qog’ozi". Ko’pgina xalqlar uchun sevimli taomlardan biri. Xo’sh, Amerikada osh necha dollar turadi?
Sevara Nabiyeva Amerikada 20 yildan beri istiqomat qiladi. O’zi informatsion texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi vatandosh Virjiniya shtatida uyida “Marjona” o'zbek milliy raqs to’garagini ochgan. “Marjona” guruhi Amerika bo’ylab o’zbek madaniyatini targ’ib etishga hissa qo’shmoqda.
Ayol ojizmi? O’zbek ayoli o’z “ovoziga” egami? O’zbek jamiyatida ayol bo’lish qiyinmi? Lavhamiz ishtirokchilari O’zbekistonda tug’ilib-o’sgan, hozirda Amerikada yashayotgan o’zbek ayollari. Har ikki jamiyatni ko’rgan bu vatandoshlarimiz xotin-qizlarga nisbatan munosabatda farq ko’rdimi?
O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida ovoz berish jarayoni yakunlandi. Saylovga kelgan vatandoshlar nomzodlar haqida qanday firkda? Ularning salohiyatiga qanday baho beradi? Saylovlar haqqoniy ekaniga ishonadimi?
Amerikada uylar narxi qancha? Ijaraga yashash narxi-chi? Qaysi shtatlarda arzonroq? Muhojirlar kreditga uy olsa bo’ladimi? Javobini esa Amerikada rieltorlik firmasini ochgan o’zbekistonlik mutaxassisdan eshiting.
Bugun o’zbek milliy kinochiligida asosiy muammo nima? Hali ham taqiqda bo’lgan mavzular bormi? “Amerika Ovozi” yaqinda AQShga safar qilgan rejissor Jahongir Ahmedov bilan ana shular haqida suhbatlashdi.
“Ilhaq”, “Islomxo’ja” kabi filmlari bilan tanilgan kinorejissor Jahongir Ahmedov yaqinda AQShga safar qildi. “Amerika ovozi” ijodkorning yangi loyihalari, o’zbek kino san’atidagi muammolar haqida rejissor bilan suhbatlashdi.
Xorijda katta-katta tashkilotlarda malakali mutaxassis sifatida ishlayotgan vatandoshlarimiz ko’p. Ularning tarixiga nazar solsangiz, ko’pchiligi xorijda tahsil olgan. Lekin bugungi suhbatdoshimiz O’zbekiston diplomi bilan Germaniyada shifokor bo’lib ishlaydi.
Ayollar o’rtasidagi ishsizlik ko’pligiga sabab ayollarning fertillik xususiyatimi yoki eskicha, an’anaviy, diniy dunyoqarash?
O’zbek jamiyatida ayol bo’lish qiyinmi? Ana shu savol bilan ayollar huquqlariga doir xalqaro loyihalarda ishlagan o’zbekistonlik mutaxassisga yuzlandik. Asli farg’onalik Mohira Qurbonova Shveysariyada Xalqaro Ish beruvchilar tashkilotining loyihasida ishlaydi. Jenevadan savollarimizga javob beradi.
AQShda o’zbek mehnat muhojirlari ko’plab topiladi. Kimdir haydovchilik qilib kun ko’rsa, yana kimdir enagalik qiladi. Vatandoshlar yangi mamlakatda ish topish, maosh, yashash narxi, ijtimoiy himoya haqida qanday firkda?
Amerikada jamoat transport xizmati ehtiyojga mos ravishda yo’lga qo’yilganmi? Bekatlar, transport vositalari va yo’llar aholining barcha qatlamlari ehtiyojini qondira oladimi?
Amerikada jamoat transportidan foydalanish qanchalik qulay? Qatnov ehtiyojga mos ravishda yo’lga qo’yilganmi? Bekatlar, transport vositalari va yo’llar aholining barcha qatlamlari ehtiyojini qondira oladimi?
Amerikada kishilarning hordiq chiqarishi uchun park va rekreativ majmualarni doimiy tarzda obodonlashtirib borilishiga alohida e’tibor beriladi.
Amerika poytaxtining 21 foiz hududi parklardan iborat. Vashington aholisining 98 foizi yashash joyidan oʼrtacha 10 daqiqada biror istirohat bog’ini topishi mumkin.
Amerikada Xellouin – bolalarning eng sevimli bayramlaridan biri. Qadimda Xellouinni ruhlar uyg'onadigan kun deb bilishgan. Bu kunda kishilar uylarini turli qo’rqinchli obrazlar bilan bezatishadi.
Pandemiya davrida Amerikada o’qishlar qanday kechyapti? Bu haqda okeanorti mamlakatida istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlardan eshitamiz.
Amerikaga farzandlari ketidan kelgan o’zbek ota-onalar o’zga mamlakatda vaqtini qanday o’tkazadi? Nima bilan shug’ullanadi? Okeanorti mamlakati haqida qanday fikrda? Asli farg’onalik bo’lgan Muyassar opa va Mahmud aka misolida AQShdagi o’zbeklar hayotiga nazar tashlaymiz.
Fozilbek Hasanov Germaniyaning Bilefeld Universitetida biotibbiyot yo‘nalishi bo’yicha magistratura bosqichida tahsil olmoqda. O’zbekistonda tibbiyot o’quv dargohlaridagi asosiy kamchiliklardan biri bu ilmiy-tadqiqotlar uchun kafedralarda yetarlicha sharoit mavjud emasligi, deydi suhbatdosh.
Fozilbek Hasanov Germaniyaning Bilefeld Universitetida Biotibbiyot yo‘nalishi bo’yicha magistratura bosqichida tahsil oladi. Germaniyaning katta shaharlaridagi kasalxonalarda mavjud sharoit chekka qishloqlarda ham bor, deydi talaba.
Ko'proq...