Tojik-afgʻon chegarasida vaziyat xatarli boʻlib turgan paytda Dushanbeda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti yigʻini oʻtdi. Aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashdi,
Tojikiston va Qirgʻiziston chegarachilari orasida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar ham bor. Otishma ikki davlat orasidagi delimitatsiya va demarkatsiya qilinmagan, ammo bungacha toʻqnashuvlar kuzatilmagan hududda yuz berdi.
Prezident Emomali Rahmon Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Rossiya prezidentlari bilan muloqot qilishi ortidan chegaraga 20 ming harbiyni safarbar qilishga buyruq berdi.
Dushanbe va Bishkek orasidagi sovuq munosabatlarga qaramasdan Prezidenti Sadir Japarovning Tojikistonga safari paytida ikki davlat orasida bir qator kelishuvlar imzolandi.
Tojikiston va Qirgʻiziston prezidentlari boshchiligidagi rasmiylar bahsli chegara mintaqalarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasini yopiq eshiklar ortida olti soatdan ortiq muhokama qildi, ammo yakuniy kelishuv imzolanmadi. Buning sababi nimada? Tahlilchilar qanday fikrda?
Tojikistonlik oʻzbek qizining qadrlanishi nimani anglatadi? Oʻzbekiston ham Tojikiston xorijdagi millatdoshlarga yaratgani kabi imkoniyatlar yaratadimi? Shunday savollar bilan tojikistonlik ziyolilarga yuzlandik.
Kuzatuvchilarning fikricha, ayrim rayonlar toliblardan ozod etilganiga qaramay, umuman olganda, mintaqada vaziyat murakkab va xatarliligicha qolmoqda.
Tojikistonlik taniqli adibning aytishicha, Markaziy Osiyo davlatlarini milliy chegaralash oʻtgan asrning 30-yillarida sunʼiy tarzda amalga oshirilgan... Ammo adabiyotni bugungi davlat chegaralari bilan chegaralash mutlaqo xato.
Tojikiston Yozuvchilar ittifoqi aʼzosi shoir Jamshid Pirimov fikricha, toshkentlik ziyolilar orasida tojikistonlik ijodkorlarni xushlamaydiganlar topilib turadi. Mirziyoyevning tashrifi ortidan bunday holatlar oradan koʻtarilishiga umid qiladi.
O'zbekiston va Tojikiston prezidentlarining tarixiy Arbob qasrida tashkil etilgan ziyolilar bilan muloqoti ortidan mahalliy oʻzbeklarning fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.
Bugun 10-iyun kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Tojikiston poytaxti – Dushanbe shahriga tashrif buyurdi.
Tojikiston va Qirg'iziston oxirgi toʻqnashuvlar ortidan kelishilgan shartlarni bajarishga shoshmayapti, orada ishonchsizlik kuchayib borayapti. Ikki davlatning qoʻshni qishloqlarida yashayotgan ziyolilar bilan suhbatlashdik.
Tojikiston hukumati qoshidagi Televideniye va radio qoʻmita mustaqil televideniye va radiolarga faoliyat yuritish uchun litsenziya berishda yangi oʻzgarishlar joriy etilganini maʼlum qildi.
AQShning Afgʻonistondagi harbiy qoʻshini Markaziy Osiyo davlatlariga joylashishi ehtimoli xususida gap ketar ekan, "Amerika Ovozi" qo'shni Tojikistondagi fikrlarni o'rgandi.
10-12-iyun kunlari Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonga tashrif buyurishi, 30 ga yaqin kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
Tojikistonda soʻz erkinligi yildan yilga cheklanib kelmoqda. "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti reytingiga koʻra, 180 davlat ichida Tojikiston bu yili 162-oʻringa tushgan. Biroq dundan 10 yil oldin 122-oʻrinda edi.
Tojikistonning Chorkuh va Qirgʻizistonning Koʻktosh qishlogʻi orasida suv ortidan boshlangan chegara jangi oʻsha kunning oʻzidayoq ikki davlat orasidagi delimitatsiya va demarkatsiya qilinmagan boshqa chegara hududlariga ham tarqaldi.
28 - 30-aprel kunlari Tojikiston va Qirgʻizistonning chegara qishloqlari orasida yuz bergan jangda kamida 45 kishi halok boʻlgan, bir necha yuzlab odam yaralangan. Hozir chegara hududida vaziyat qanday? Aslida nima bo'lgan edi? Muxbirimiz Qirg'iziston-Tojikiston chegarasiga borib vaziyatni o'rgandi.
Qirgʻiziston Tojikiston bilan chegaradagi vaziyatni izga solish uchun barcha zarur choralar qabul qilinayotganini bildirdi.
Moskvadagi “Tojiklar markazi” raisi Izzat Amon Rossiya fuqaroligidan mahrum etilib, Tojikistonga deportatsiya qilingan. Dushanbeda unga "qalloblik" aybi qo'yilmoqda.
Ko'proq...