Tojikistonda bahor faslining o'rtasida qattiq qor yogʻdi. Turli sohalar, jumladan, qishloq xoʻjaligi jiddiy talafot koʻrdi. Xalq bu yil meva va sabzavot tanqisligi vujudga kelishidan xavotirda. Aprel oyida qor yogʻishi oxirgi marta 26 yil oldin, 1994-yilda kuzatilgan edi.
Daler Sharifov oʻzi yozgan asarida kamchilikka yoʻl qoʻyganiga iqror boʻlgan, ammo Jinoyat kodeksining adovat qoʻzgʻash moddasida aybdor topilganidan rozi emas.
Chegaralar yopilishi ortidan Tojikistonda ushlanib qolgan Oʻzbekiston fuqarolari orasida yoshi ulugʻ erkaklar va ayollar, emizikli va homilador ayollar hamda yosh bolalar bor. Ular koronavirus rasman qaydga olinmagan Tojikistondan karantin davom etayotgan Oʻzbekistonga qaytishni istaydi.
Koronavirus tarqalishi sababli Markaziy Osiyo davlatlari orasida ham chegaralar yopilishi ortidan Tojikistonda qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolari oʻz vataniga qaytish ilinjida.
Markaziy Osiyoda chegaralar yopilishi ortidan odamlarning postlardan oʻtishi, uyiga qaytishi qiyinlashgan. Qozogʻiston va Oʻzbekiston orasidagi “Jibek-joli“ chegara posti serqatnov. Bu yerda Rossiyadan qaytayotgan oʻzbekistonlik va tojikistonlik mehnat muhojirlari sutkalab ushlanib qolmoqda.
Xususan, Rossiyadan Qozogʻiston orqali uyiga qaytayotgan minglab oʻzbekistonliklar va tojikistonliklar qozoq-oʻzbek orasidagi “Jibek-joli” chegara oʻtish nuqtasida qolib ketmoqda.
Xitoy, Afgʻoniston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston koronavirusga qarshi keskin choralar koʻrayotgan bir paytda, Tojikiston Navroʻz bayramini kamida 30 000 nafar ishtirokida nishonlamoqda. Bayramga kamida ikki oy tayyorgarlik koʻrilgan. Prezident ham unda ishtirok etadi.
Tojikistonda koronavirus qayd qilinmagan boʻlsa ham, odamlar vahimada. Bozorlarda un va yogʻ kabi mahsulotlar yetishmay, narxlar ikki-uch barobar qimmatlashdi. Nonlar talash bo'lgan hollar kuzatilmoqda. Qoʻshni Afgʻoniston va Oʻzbekistonda koronavirus chiqqani jamoatchilik orasida muhokamada.
Xo'jand, Tojikiston: Koronavirus sabab Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonda karantin. Aksariyat muassasalar yopiq. Ommaviy tadbirlar bekor qilingan. Lekin Tojikistonda har kuni taqriban oʻn ming nafar yoshlar stadionga yigʻilib, Navroʻz bayramini nishonlash uchun tayyorgarlik koʻrmoqda.
Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi Markaziy saylov va referendum komissiyasi eʼlon qilgan rasmiy natijalarni “huquqiy asosga ega boʻlmagan siyosiy va soxta qarordir“, deb eʼlon qildi
Tojikiston saylovlarida butun oila nomidan bir kishi ovoz berishi odatiy hol. 1-mart kuni oʻtgan parlament saylovida ham shunday holatlar saylov komissiyasi koʻz oʻngida kuzatildi. Mahalliy tahlilchining aytishicha, bu qonunga zid, ammo saylov komissiyasi oʻz nufuzini oʻylab bu holatga ko'z yumadi.
Tojikiston parlamenti quyi palatasi uchun 1-mart kuni oʻtgan saylovning ilk natijalari Markaziy saylov va referendum komissiyasi tomonidan eʼlon qilindi. Muxolifat norozi.
Tojikistonda parlament saylovi yaqinlashib kelar ekan, unda oltita siyosiy partiya ishtirok etsa-da, faqat Sotsial-demokratik partiya haqiqiy muxolifat sifatida koʻrilmoqda.
2020-yil 1-mart kuni Tojikistonda parlament va mahalliy majlislarga vakillar saylovi oʻtkaziladi. Hukumatdagi Xalq demokratik partiyasi bu saylov “shaffof, demokratik va ozod oʻtkazilishini“ taʼkidladi. Muxolifatdagi Sotsial-demokratik partiyasi esa bunga ishonmaydi.
Shu yil boshida Tojikiston va Qirgʻiziston chegara muammosini hudud almashtirish yoʻli bilan hal etishga kelishgan edi. Ammo munosabatlar toʻsatdan sovuqlashdi. Bunga tojik generalining “Botken azaldan tojiklar yeri edi“, degan soʻzlari sabab boʻldi. Qirgʻizistonga ko'ra esa Botken qirgʻiz yeri.
Tojikiston hukumati Suriya lagerlarida saqlanayotgan 500 nafar fuqarolarini vatanga qaytarishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Tojik generali Abdullo Navjuvonovning 12-fevral kuni matbuot anjumanida jurnalistlar savoliga bergan javobi ana shu tanglikka sabab bo’ldi.
Ko'proq...