Ukraina farzand ko’ra olmaydigan juftliklar uchun allaqachon umid maskaniga aylangan. Xizmat narxi nisbatan arzon. Surrogat onalardan yiliga minglab chaqaloqlar tug’iladi. Aksariyati xorijliklar uchun.
Ukrainalik Natalya Komnatna - traktor haydovchisi. Erkaklar urushga ketib, ko’p sohalarda kadrlarga, ishchilarga ehtiyoj tug’ilgan. Xalqaro tashkilotlar yordami bilan yaqingacha erkaklar qilgan ishlar endi ayollarga o’rgatilmoqda.
AQShning “Project HOPE” global sogʻlig’ni saqlash va gumanitar tashkiloti 25 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi. Hozirda tashkilot Ukrainada poliklinikalarga yordam bermoqda.
Kanadalik sobiq harbiy Pol Xyuz mahalliy aholiga yordam berish uchun Ukrainaga kelgan. Boshqa ko’ngillilar bilan birgalikda ish olib boradi. Gumanitar ko’mak ko'rsatish uchun “HUGS” tashkilotiga ham asos solgan.
BMTga ko‘ra, Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri 6,5 millionga yaqin ukrainalik mamlakatni tark etgan. 16 yoshli Sofiya Balan ana shunday qochqinlardan biri.
Urush boshlanganidan buyon millionlab ukrainaliklar uyini tark etdi. BMTga ko’ra, qariyb 6,5 million aholi qochqinga aylangan. “Amerika Ovozi” uyini tark etganlar bilan suhbatlashdi. Ular muhojirlikda ona shahrini juda sog’inganini aytadi.
Ukrainada 2013-yilda qabul qilingan qonun rasman nikohdagi, lekin bepusht er-xotinlarga surrogat reproduktiv xizmatlarni ko’rsatish imkonini berdi. Xizmat narxi ham nisbatan arzon. Surrogat onalardan yiliga minglab chaqaloqlar tug’iladi. Aksariyati xorijliklar uchun.
Bo'yoq shlangi bilan jihozlangan dronlar borish qiyin bo'lgan joylarda graffitlarni o’chirishga xizmat qilmoqda.
Rossiya olti mingdan ziuod ukrain harbiylarini asirda ushlab turganini bildirmoqda. Asirdan chiqqanlarning aksariyati uchun ozodlik og’ir tiklanish jarayonidan o’tish sinovini ham anglatadi.
"2022-yildan beri murakkab rekonstruktiv operatsiyalarga muhtoj bo'lgan og'ir ahvoldagi ko'plab bemorlar kelyapti", - deydi jarroh Vitaliy Panchenko.
Urush ko’plab ukrainaliklarning, ayniqsa bolalarning ruhiy holatiga ta’sir qilmoqda. Amerikalik pediatr Irvin Redlener Ukrainada bolalarning ruhiy salomatligini yaxshilashga qaratilgan loyihaga asos soldi.
O’tgan yili Ukraina janubidagi Kaxovka to'g'oni hujumga uchrab, yuz minglab odamlar suvsiz qoldi. Dehqonchilik hisobiga kun ko’ruvchi qishloq aholisi ichimlik suvini sug’orish uchun ishlatmoqda. Boz ustiga, uyini tark etganlar asta-sekin qaytmoqda.
Ko'proq...