Sharqiy Quddusda yashovchi yuzlab falastinliklar yaqinda uylaridan haydalishi yoki uylari buzilishi, ularning uylarini yahudiylar egallashi mumkin. Har ikki taraf uyni qonuniy sotib olganini da’vo qiladi.
Anqara va Qohira o’tgan yildan beri aloqalarini ancha yaxshilab oldi. Natijada Liviyada siyosiy ziddiyatlarni yumshatishga umid paydo bo’ldi.
Blinken Isroildan “Hizbulloh” bilan 2006-yildagi urushdan so’ng BMTda qabul qilingan 1701 rezolyutsiyaga amal qilishga va vaziyatni deeskalatsiya qilishga chaqirdi.
Turkiyaning o’zida hozir 4,5 million atrofida qochqin bor, shularning uch milliondan ziyodi suriyaliklar. Mahalliy aholi hukumatdan ularni vataniga qaytarishni talab qilmoqda.
AQSh Prezidenti Jo Bayden Netanyaxuga qo’ng’iroq qilib, uni Sinvarning yo’q etilishi bilan tabrikladi. “Olg’a yurish vaqti keldi. G’azoda sulh sari olg’a yurish vaqti. Dunyoda hayotni yaxshilashga imkon beruvchi yo’nalishda harakatlanish kerak”, - dedi Bayden.
Ayrim taxminlarga qaramay, Isroil Eron yadro inshootlarini nishonga olmasligini bildirgan. AQSh Eron harbiy obyektlariga zarba berish bilan cheklanishni Isroilga tavsiya qilgan.
Oq uy ma’muriyati Isroil uning talabiga ko’nmasa qanday chora ko’rilishini oshkor etgani yo’q. Ayrim kuzatuvchilar Vashington Isroilga qurol savdosini cheklashi mumkinligiga ishora qilmoqda.
BMTning inson huquqlari bo’yicha sobiq oliy komissari Navi Pillay yahudiy mamlakatni G’azoda tibbiy xizmatchilar va muassasalarga tinimsiz va qasddan hujumlarda aybladi.
“Hizbulloh” Isroilning payshanba kuni Bayrutga hujumi uchun o’ch olganini bildirdi. O’shanda 22 livanlik o’lgan, 100 dan ziyodi jarohat olgan.
Isroil hujumlarida shu kunga qadar Livanda 2200 dan ziyod odam o’lgan, 11 mingdan oshig’i yaralangan, bir millionga yaqin livanlik uyidan qochishga majbur bo’lgan.
Isroil hukumati jurnalistlarni ataylab nishonga olishi haqidagi da’volarni inkor etib keladi. Biroq Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasiga ko’ra, Isroil mudofaa kuchlari jurnalistlar orasidagi katta talafotlar uchun javob berishi kerak.
Al-Aqso shifoxonasi G’azo sektorida ishlab turgan bir necha tibbiy muassasaning biri. Ayni damda qariyb bir million aholiga xizmat ko’rsatayotgan yagona maskan.
Ko'proq...