"Saturday Night Live" 50 yildan beri Amerika televizion shoulari orasida eng mashhur dasturlardan biri bo‘lib kelmoqda.
Oq uyning bildirishicha, farmon “noqonuniy ajnabiylar uchun soliq to’lovchilar tomonidan moliyalashtirilgan barcha imtiyozlarni tugatishga” qaratilgan.
O‘tgan yilning kuzida AQShda uy egasi o‘z daromadining 42 foizini uy-joy xarajatlariga sarflagan. To‘rt yil avval bu ko‘rsatkich 28 foiz edi.
Daun sindromi bilan tug’ilgan Reychel Xendlin - professional fotograf. Tasviriy san'at yo’nalishi bo’yicha magistr darajasiga ega. Yaqinda Manxettenda uning ko'rgazmasi tashkil etildi. Suratlarida turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan Daun sindromli yoshlar aks etgan.
Prezident Donald Tramp 12-fevral kuni imzo chekkan farmonga ko'ra, AQSh tashqi siyosatda bir ovozga ega bo'ladi va bu ovoz prezident belgilagan yo'lni aks ettiradi.
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, Amerikadan o'tgan kuni Panamaga chiqarib yuborilganlar ichida respublika fuqarolari ham bo'lgani haqida Toshkentning xabari yo'q, ammo Mirziyoyev ma'muriyati deportatsiya masalasida Vashington bilan hamkorlik qiladi.
Prezident Donald Trampning noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurash bo’yicha farmoniga binoan AQSh immigratsiya va chegara xizmati mamlakat bo’ylab hujjatsiz muhojirlarni hibsga olmoqda. Bu borada federal organlar bilan hamkorlik qiladigan va qilmaydigan shtat va shaharlar bor.
Dunyo rahbarlari AQSh global pozitsiyasini yangilab, orqaga chekinadi, degan xulosaga kelayotgan bo'lsa, jiddiy xato qiladi, deydi Pentagonning yangi rahbari Pit Xegset.
Senatda demokratlar to'rt qismdan iborat strategiya bilan chiqqan: qonunchilar nazoratini oshirish, masalani sudlarga oshirish, yangi qonunlar qabul qilish, xalqni ogoh qilish va harakatga undash.
Agar USAID loyihalari to‘xtatilsa, bu Xitoy o’z ta’sirini global miqyosda yanada oshirishi uchun yangi imkoniyat bo’ladimi?
Bu hafta Amerikaning qator shtatlari va katta shaharlarda Prezident Donald Tramp siyosatiga qarshi ommaviy chiqishlar avj olib, minglab amerikaliklar Oq uy qarorlarini qoralamoqda. Tramp ma'muriyatiga ko'ra, AQSh yangi davrda, har sohada ulkan o'zgarishlar qilinadi.
"Nimaiki qilishayotgan bo'lsa-da, demokratik emas, - deydi Senatda demokratlar sardori Chak Shumer. - Demokratiya nima ekanini bilamiz. U oshkoralikdir". Tramp siyosatidan norozi demokratlar hukumat xarajatlarini ma'qullash uchun ovoz bermasligi mumkin. Amaldagi byudjet 14-martda bitadi.
Ko'proq...