Oklaxoma shtati qonunchilari maktab o‘quvchilari va ota-onalarining immigratsion maqomi haqida ma’lumot to‘plash rejasini ko‘rib chiqmoqda.
Joriy byudjet 14-martgacha. Yangisi ma'qullanmasa, AQSh federal tizimi ishdan to'xtab qoladi. Buning oldini olish uchun Kongress yangi byudjetni ma'qullashi kerak.
AQSh Prezidenti Xorijiy korrupsiya amaliyotlari to‘g‘risidagi qonun ijrosini to‘xtatib turishni buyuruvchi farmonni imzoladi.
Tramp Yevropa o'z xavfsizligi uchun ko'proq mablag' ajratsin desa, Makron Amerika rahbarini Rossiya bilan ehtiyot bo'lishga undagan.
Sud qaroriga ko'ra, Oq uyning AP axborot agentligiga cheklovi qonunga zid emas. AP Amerika ko'rfazi emas, Meksika ko'rfazi degani uchun jazolanmoqda.
Tramp ma'muryati AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) faoliyatini isloh qilishda davom etar ekan, mamlakatdagi va chet eldagi 2000 ish o'rni yopildi.
"Saturday Night Live" 50 yildan beri Amerika televizion shoulari orasida eng mashhur dasturlardan biri bo‘lib kelmoqda.
Oq uyning bildirishicha, farmon “noqonuniy ajnabiylar uchun soliq to’lovchilar tomonidan moliyalashtirilgan barcha imtiyozlarni tugatishga” qaratilgan.
O‘tgan yilning kuzida AQShda uy egasi o‘z daromadining 42 foizini uy-joy xarajatlariga sarflagan. To‘rt yil avval bu ko‘rsatkich 28 foiz edi.
Daun sindromi bilan tug’ilgan Reychel Xendlin - professional fotograf. Tasviriy san'at yo’nalishi bo’yicha magistr darajasiga ega. Yaqinda Manxettenda uning ko'rgazmasi tashkil etildi. Suratlarida turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan Daun sindromli yoshlar aks etgan.
Prezident Donald Tramp 12-fevral kuni imzo chekkan farmonga ko'ra, AQSh tashqi siyosatda bir ovozga ega bo'ladi va bu ovoz prezident belgilagan yo'lni aks ettiradi.
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, Amerikadan o'tgan kuni Panamaga chiqarib yuborilganlar ichida respublika fuqarolari ham bo'lgani haqida Toshkentning xabari yo'q, ammo Mirziyoyev ma'muriyati deportatsiya masalasida Vashington bilan hamkorlik qiladi.
Ko'proq...